Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat işlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va közböyamaçilik holatlari kuzatilayotgani prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda.

17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov rahbarligida hududlarda dala va tozalaş-obodonlaştiriş işlariga tibbiyot, ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va boşqa ijtimoiy soha vakillarini jalb qilişni taqiqlaş, bu borada barça darajadagi rahbarlarning şaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oşirişga qaratilgan çoralarni belgilaşga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Yiğilişda Qaşqadryo viloyati hokimi Zafar Röziyev Prezidentimizning viloyatga taşrifi çoğida yöl qöyilgan közböyamaçilikka, şuningdek, bundan buyon heç qaçon öqituvçilar, şifokorlar, talabalar majburiy mehnatga jalb etilmasligiga va'da berdi. 

«Barça topşiriqlar tuşunarli. Muhtaram Prezidentimizning 13 aprel kungi gaplaridan xulosa çiqardik.

Rostdan ham bizda közböyamaçiliklar bölgan. Biz öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilmaganmiz, faqat issiqxonalarda közböyamaçilik qilingan deb yozişdi», deya  hokim dastlab özi tan olgan faktni inkor qilişga tutindi -  Biz aslida plyonka ostiga ekkandik...»

Ammo uning gapini boş vazir bölib qöyadi: «Eslaringdan çiqarmasliklaring kerak - hozir biz axborot texnologiyalari zamonida yaşayapmiz. Hammasini videoga olib, plyonkaning ostida nima bor, nima yöqligini körsatib qöyibdi. Ekilmaganiniyam. Bitta közböyamaçilikni deb butun dunyoga şarmanda böldingiz!».

Şundan söng, Qaşqadaryo viloyati hokimi barça gaplar tuşunarli bölganini aytib, uzr söradi va bundan keyin viloyatda közböyamaçilik qilinmasligiga va'da berdi. 

«Endi çuqur xulosa çiqaramiz. Hammasi yuz foiz tuşunarli. Jamoatçilik işlari uçun pullarimiz yetarli. Ijtimoiy soha xodimlari, öqituvçilar, talabalar majburiy mehnatga jalb qilinmaydi», degan viloyat hokimi.

Yiğiliş davomida Zafar Röziyevga hayfsan e'lon qilindi.

Eslatib ötamiz, «Kun.uz» saytida fevral oyi oxirida Qaşqadaryoda qölbola issiqxonalar bilan prezidentga közböyamaçilik qilingani haqida videomaterial e'lon qilingandi.