Özbekiston Içki işlar vazirligi jamoatçilik nazoratini daromad manbayiga aylantirib olgan fuqarolar haqida ogohlantiriş bilan çiqdi.

“Hozirgi kunda jamoatçilik nazorati jamiyatimizda oçiqlik siyosatini ta’minlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda davlat organlarining jamoatçilikka hisobot berişlarini nazorat qiluvçi muhim yönalişlardan biri bölib kelmoqda. Bu borada, ayniqsa, blogerlarning faolligini alohida ta’kidlaş lozim. Ular orasida xalq muammolariga beparvo bölmagan, jonkuyar va fidoyi fuqarolarimiz juda köp.

Biroq hanuzgaça axborot bilan işlaş, uni xolis tarqatiş tartibini tuşunmaydigan yoki jamoatçilik nazoratini noqonuniy daromad manbayiga aylantirib olgan fuqarolar ham talaygina. Blogerlik da’vosidagi firibgarlar nafaqat muammolarni bartaraf etiş uçun pul talab qilişmoqda, balki şaxsiy va guruhlardagi özaro yozişmalarni tarqatiş bilan ham tahdid qiliş holatlari uçramoqda. Bu qinğir işlarga ayollar aralaşayotgani juda ayançlidir”, – dedi içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov.

Uning ta’kidlaşiça, blogerlik bilan şuğullanib kelgan 4 nafar şaxs bugungi kunda firibgarlik va tovlamaçilik ustida qölga olinib, tergov qilinmoqda.

Jumladan, Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida yaşovçi 35 yaşar fuqaro 21 fevral kuni öziga murojaat qilgan fuqaroga Çiroqçi tumani hokimligida tanişlari borligi, bloger bölgani uçun uning iltimosini yerda qoldirmasliklarini aytib, tumanning maişiy xizmat körsatiş sohasi uçun ajratilgan hududdan 3 sotix yer olib berişni va’da qilgan.

IIV axborotida u çindan ham tuman hokimligi mutasaddilariga blogerligini peş qilib ta’sir ötkazmoqçi bölgani, natijada uşbu fuqaroning firibgarlik harakatlari tezkor tadbir orqali rasmiylaştirilib, daliliy aşyolar bilan qölga olingani ta’kidlanadi. Protsessual tartibda uşlangan gumonlanuvçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida yaşovçi fuqaro Dildora ismli bloger ayol uning şaxsiy ma’lumotlarini internet orqali tarqatiş bilan tahdid qilib, 3 million söm olgani, biroq şundan keyin yana 1500 dollar talab qilib kelayotgani yuzasidan 9 mart kuni viloyat IIB boşliğiga ariza bilan murojaat qilgan hamda qonunbuzarga çora körişni söragan.