Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 1987 yilda tuğilgan U.Çorşanbiyev 2021 yilning avgust oyida fuqaro D.R.ga özining blogerligini aytib, işonçiga kirgan. Söng 600 dollar evaziga uy-joy böyiça Fuqarolik işlari böyiça Pastdarğom tuman sudida körib çiqilayotgan işni internet ijtimoiy tarmoğiga joylaş orqali ijobiy hal qilib berişni va’da qilgan va D.R.dan 2 million söm olib, özining ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Bundan taşqari, U.Çorşanbiyev 2021 yil 7 sentabr kuni fuqaro Yu.D.dan 2 ming dollar evaziga uning nohaq işdan ketganligini, internet ijtimoiy tarmoğiga joylaş orqali unga yetkazilgan moddiy zararni qoplab, işiga ham qayta tiklab berişni va’da qilgan. Keyin Yu.D.dan 1 000 dollar olib, özining ehtiyojlariga işlatgan.
Şuningdek, U.Çorşanbiyev 2021 yilning noyabr oyida fuqaro R.Z.ni aldab, uning işonçiga kirgan va 20 million söm evaziga unga sobiq turmuş örtoği bilan bölayotgan sud işida qatnaşib, muammoni ijtimoiy tarmoqlarda kötarib, farzandini olib berişni aytgan. Söng tergov bölimi tomonidan körilayotgan jinoyat işi böyiça unga yetkazilgan 14 ming dollar zararni qoplatib berişni va’da qilib, R.Z.ning 1 million söm pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, özining ehtiyojlariga işlatgan.
Qayd etilişiça, 2021 yil 28 dekabr kuni U.Çorşanbiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, jinoyat işi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan harakatdan töxtatilgan.
«Hozirda U.Çorşanbiyev Qaşqadaryo viloyati hududida IIB xodimlari tomonidan uşlanib, Samarqand viloyat IIB PPX JTSBga qaraşli VSXga joylaştirilgan. Tergov harakatlari insonparvarlik, qonuniylik va odillik tamoyillari asosida olib borilişi ta’minlanadi. Uşbu şaxsdan jabrlanganlar bölsa, Samarqand şahar böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimiga murojaat qilişlari söraladi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Qaşqadaryoda taniş ayolnikiga borgan fuqaroni videoga olib, uni internetda tarqatiş bilan qörqitib pul olgan blogerga hukm öqilgandi.

















