Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
Ta’tildan so‘ng darslar 13 yanvardan davom etadi.
Foto: Kun.uz
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024 yil 29 dekabrdan boshlanib, 2025 yil 11 yanvarga qadar davom etadi.
Bunda maktablarda 2025 yil 11 yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024 yil 28 dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025 yil 13 yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangandi. Darslar 8 yanvar, chorshanbadan boshlanadi.
Talabalar uchun samolyot va poyezd uchun chiptalarga 50 foizgacha bo‘lgan chegirmalar e’lon qilingan. Shuningdek, Toshkent shahridagi ikkita oliygohda chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil qilingan.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024