Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev 15 oktyabr kuni Toşkentda xalqaro konferensiya doirasida Kun.uz muxbirining Umra litsenziyasi yangi şartlariga doir savollariga javob berdi.
– Nima uçun Umra ziyoratini körsatuvçi firmalarga litsenziya uçun katta mablağ – 1 million dollarni (12,8 milliard söm) rekvizitga qöyiş şarti joriy qilindi?
– Endi, bu katta miqdor emas. Xabaringiz bölsa kerak, bunga qadar 100 ming dollar qöyiş [majburiyati] bor edi. Öşanda 15 mingga yaqin fuqarolarimiz Saudiya Arabistonida qolib ketdi, ularning hammasi hukumat tomonidan olib kelindi. Bu haqda biror marta yoritmadingiz…
Demoqçimanki, agar 1 million dollar rekvizitga qöyiladigan bölsa, havo yöllarini 600 dollardan hisoblaydigan bölsak, u yerdagi mehmonxonalar va boşqa xizmatlarning hisobini olsak bu ham [1 million dollar] ming kişiga yetyapti. Öşa 15 ming kişi bilan muammo bölganida, qöyilgan 100 ming dollarga 100 kişini ham qaytarib olib kelişga imkoniyatimiz yöq edi.
– 1 million dollar rekvizitga qöyilganidan keyin ham faqat bir dona firma tanlab olinib, şunga litsenziya beriladimi?
– Hozir ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinyapti. Biz monopoliya qilayotganimiz yöq, bu yerda [şartlarni bajarişga] salohiyati bor 10 ta böladimi yoki 15 tami, turfirmalarning hammasi ötadi. Bu degani bitta Musulmonlar idorasi yoki 4-5 ta firma qoladi degani emas. Bugun tanlovni e’lon qilyapmiz, 15 kun içida turfirmalarni ajratib olamiz. Balki 15 ta bölar, balki 20 ta kimning imkoniyati bölsa, öşalarni qöyamiz. Qimmatlaşiş bölmaydi, sifatli xizmat körsatiş böladi.
– Agar 1 million dollar rekvizitga qöyilsa, turfirmalar foydasini çiqariş uçun narxni oşirişga majbur bölmaydimi?
– Harakat qiladi, töğri. Lekin oldingi safar 77 firmaga litsenziya bergan bölsak, yana qançasi noqonuniy faoliyat yuritgan. Na litsenziyasi bölgan, faqat turfirma oçib qöygan. Uyoqqa olib borganda şaroitlarni özingiz köryapsiz. Maqsadimiz monopoliya qiliş yoki boşqa emas. Rahmat deyişimiz kerak, oldinlari faqat bir yilda 2 marta fuqarolarimiz Umra qilolgan. Hozirgi kunda 560 mingga yaqin fuqarolarimiz Umraga borib keldi. Borsin, hamma borsin, lekin u yerda sifatli xizmat körsatişimiz kerak. Tibbiyoti bölsin, ellikboşisi ham. U yerga borgan fuqarolarimizni kimga topşiryapmiz? Özimiz ellikboşi berayotgan edik. Keyingi vaqtda, mana, ijtimoiy tarmoqlarda köryapmiz, u yerga borganlarning ğoyaviy “işlovi” qanaqa böladi? Bizning “umraçi“larimizga kim xizmat körsatyapti? Agar ularga öqigan, diniy soha xodimlari [hamrohlik qilib] boradigan bölsa… qaytib kelganidan keyin ğoyaviy jihatidan ham töğrilaşning imkoni qiyin bölib boryapti. Faqat moliya bilan boğliq narsa emas-da bu.
– Bu qaror bilan – fuqarolar Saudiya Arabistoni vizasi hamda biletini mustaqil olib, Umra qilib kelişiga tösqinlik qilinmaydimi?
– Bu bemalol, heç qanday tösqinlik yöq. Nusuk degan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligining dasturi bor, [yoki onlayn turistik viza] uydan ötirib, olib boraversin, xohlasa. Xohlasa, Dubay yoki Turkiya orqali, xohlasa töğridan töğri reysda borsin. Bunga heç qanday qarşilik yöq. Uyingizdan ötirib bemalol olaverasiz, Saudiya Arabistoni ham buni bemalol oçib qöygan. Faqat fuqarolarimizda tuşunça notöğri bölyapti.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
















