Şu kunlarda Qirğizistonning Jalolobod viloyatida elektr energiyasi boğliq muammolar yuzaga kelgan. Hududda elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
Özbekiston qöşni respublikaning bu hududida yaşovçi aholi uçun yordam qölini çözgan. Bu haqda Kun.uz'ning Andijon viloyati hokimligidagi manbasi ma’lum qildi.
Manbaga köra, bugun – 3 fevral kuni Andijondan Qirğizistonga 20 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti (1000 dona ballon) yetkazib berilgan.
“Hududgazta’minot” AJ Andijon viloyati filiali boşliği örinbosari va boşqa vakillar Xonobod çegara posti orqali gaz mahsulotini Jalolobod viloyati elektr tarmoqlari korxonasiga 9 ta avtomaşinada olib borişgan. Ularni çegarada Jalolobod viloyat elektr ta’minoti korxonasi boşliği örinbosari Damir Tuxtagulov kutib olgan.





Avvalroq bunday kömak körsatiş böyiça prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriq bergani, Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov qirğizistonlik hamkasbi bilan telefon muloqotida bu haqda ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib ötamiz, 2 fevralga ötar keçasi Qirğiziston poytaxti Bişkekdagi issiqlik elektr stansiyasida portlaş sodir bölib, 3 kişi oğir jarohatlandi. Portlaş oqibatlarini bartaraf etişga 5-7 kun vaqt ketişi aytilmoqda.

















