Musulmonlar uçun döstona turizm: yetakçi mamlakatlar va Özbekiston uçun imkoniyatlar
|14:50 / 24.12.202316 07710 min
Sayohatlar landşafti kengaymoqda. Musulmonlar uçun döstona turizm (MDT) yaratiş barça yurtlar uçun dolzarb masalaga aylanyapti – islom diniga e’tiqod qiluvçilar soni 2 milliardga yaqinlaşdi, axir. Bu esa musulmon sayohatçilar uçun jozibali sayohat va dam oliş imkoniyatlarini yaratiş bilan böladi. Bu boradagi muvaffaqiyatli tajribalarni örganiş Özbekiston uçun ham foydali.
Özbekiston musulmon dunyosini öziga jalb qila oladi. Yurtimiz –
Islom madaniyati öçoği;
maşhur allomalar vatani;
ming yillik ötmiş bilan boğlangan tarixiy maftunkor binolari bor;
lazzatli taomlari bilan maşhur;
Ipak yölining markazida joylaşgan Şarq gavhari.
Mamlakatimizga musulmon sayyohlar oqimi yildan yilga ortib bormoqda. Ammo sayyohlarda Özbekiston haqida yanada yaxşiroq taassurot qolişi uçun şart-şaroitlar yanada yaxşilanişi kerak.
Musulmonlar uçun döstona turizm – turizm sanoatining ixtisoslaşgan şakli. U Islom tamoyillariga muvofiq ravişda musulmon sayohatçilarni qabul qilişga qaratilgan. Bunda yönalişlar, turar joylar, körsatiladigan xizmatlar va obektlar (maskanlar) musulmon taşrif buyuruvçilar uçun qulay, Islom dini talablarga mos böladi.
Ammo bu nafaqat musulmondar uçun – barça uçun inklyuziv va mehmondöst muhit yaratiş vazifasidir.
Ma’lumot uçun: Musulmonlarning global sayohat indeksi (GMTI) ma’lumotlariga köra, dunyo böylab musulmon sayohatçilarning umumiy soni 2023 yilda 140 millionga yetib, pandemiyadan oldingi darajaga yaqinlaşgan. Hisob-kitoblarga köra, bu körsatkiç 2028 yilga borib 230 millionga yetişi kutilmoqda, bunga sarflanadigan mablağ esa 225 milliard dollar atrofida bölişi mumkin.
2022 yil musulmon sayyohatçilar uçun eng qulay mamlakatlar reytingida kuçli yigirmatalikda Malayziya yetakçi, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Indoneziya 2-örinni egallagan, Özbekiston reytingda sezilarli yaxşilanib, 7 poğona yuqorilab, 9-örinni egallagan.
Dunyo böylab muvaffaqiyatli MDT taşabbuslari
Malayziya – yetakçi davlat
Foto: Hari Anggara
Malayziya musulmonlar uçun döstona turizmi bilan maşhur. Mamlakat “halol” sertifikatiga ega muassasalarga, köplab masjidlarga, boy Islom merosiga ega. Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti namoz öqiş joylari va tahorat oliş uçun şinam imkoniyatlarga ega, bu kabi şart-şaroitlar barça yirik savdo markazlari, anjuman saroylari, diqqatga sazovor joylarda mavjud.
Mavzuga oid
Malayziyada oziq-ovqat, mahsulotlar va xizmatlar uçun yaxşi taşkil etilgan “halol” sertifikati tizimi mavjud. Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) sertifikatlaştiriş jarayonini nazorat qiladi. Islom turizm markazi (ITC) Malayziyada islom turizmini tarğib qiliş va musulmon sayohatçilar uçun ma’lumot va xizmatlar körsatişni rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Malayziya halol mahsulot va xizmatlarga yönaltirilgan “Halol Park” taşabbusini amalga oşirdi. Bu parklar “halol” sertifikatiga ega işlab çiqariş quvvatlarini, tadqiqot markazlarini va logistikani birlaştiradi.
Turkiya – tarix va mehmondöstlik
Serqirra islom tarixiga ega Turkiya musulmonlar uçun döstona manzil sifatida tanilgan: masjid-u namozxonalar, halol taomxonalar va köplab diqqatga sazovor joylari bor. Istanbul aeroportida sayohatçilar uçun maxsus namoz xonalar taşkil etilgan, yirik bozorlar, köngiloçar maskanlarida ham namozgohlar, tahoratxonalarni topiş mumkin.
Turkiya hukumati Islom turizmini faol ravişda tarğib qiliş va taşrif buyuruvçi musulmonlarga döstona munosabatni yaxşilaş böyiça taşabbuslarni amalga oşirib kelmoqda. Bunga halol turizmni tarğib qiliş va musulmon sayohatçilarni qulay joylaştiriş vazifalari kiradi. Turkiyada mahsulot va xizmatlarning halol standartlariga muvofiqligini sertifikatlaş uçun Turk standartlari instituti va Halol akkreditatsiya agentligi kabi taşkilotlar faoliyat yuritadi.
Birlaşgan Arab Amirliklari – haşamat va qulaylik
BAA, xususan, Dubay va Abu-Dabi musulmonlar uçun döstona turizmni qulay qiliş namunasidir. Yuqori darajaga muvofiq turar joylar, umumiy ovqatlaniş, oilaviy dam oliş, diqqatga sazovor joylarda musulmon sayohatçilar uçun keng qamrovli xizmatlar yaratilgan. Jumladan, nogironlar uçun qulay bölgan tahorat joylarini uçratasiz. Dubay xalqaro aeroportida musulmon sayohatçilar uçun maxsus joy – “Halal Traveler's Lounge” ajratilgan.
Indoneziya – xilma-xillik
Dunyoning eng yirik musulmon davlati Indoneziya musulmonlar uçun döstona turizmning xilma-xil turlarini taklif qiladi: mamlakat halol taomlardan tortib, sokin islomiy dam oliş maskanlarigaça bölgan qulay şart-şaroitlar tizimini yaratgan.
Bu yerga taşrif buyuruvçilar uçun halol restoranlar, namozgohlar va madaniy mas’uliyat birinçi öringa qöyilgan köplab maskanlar muntazir.
Indoneziya özining “Ajoyib Indoneziya” kampaniyasi orqali halol turizmni faol tarğib qilib kelmoqda. Mamlakat mehmonxonalar, restoranlar va turizm bilan boğliq xizmatlarni halol sertifikatlaşga sarmoya kiritgan.
MDT – musulmon bölmagan davlatlarda
Yaponiya – mehmondöstlik
Yaponiya musulmon sayohatçilarni joylaştirişda, ularga xizmat körsatişda sezilarli yutuqlarga erişyapti. Narita xalqaro aeroporti va Tokiodagi savdo majmualari namozgohlar bilan ta’minlangan, mehmonxonalarda esa istagingizga köra halol taomlar taklif qilinadi.
Kioto va Tokio şaharlaridagi ba’zi restoran va mehmonxonalarda ibodat qiliş joylari bor, “halol” sertifikatini faxr bilan namoyiş etişadi.
Janubiy Koreya – xuşmuomala mehmondöstlik
Janubiy Koreya ham musulmon sayyohlarni kutib olişda ança faollaşgan. Mamlakatning sayyohlik taşabbuslari doirasida xizmat körsatuvçi provayderlar uçun musulmon turistlarning talablari va odatlari örgatiladigan treninglar ötiladi.
Janubiy Koreyadagi yirik aeroportlar, savdo markazlari va maşhur sayyohlik joylari musulmon sayohatçilarning namozlarini öqişlari uçun maxsus namoz joylarini taqdim etadi. Seul va Pusan kabi şaharlarda turli oşxonalar, jumladan, halol talablariga javob beradigan koreys taomlarini taklif qiluvçi “Halol” sertifikatiga ega restoranlar soni ortib bormoqda.
Janubiy Koreya özini musulmon sayyohlar uçun yanada jozibador qiliş uçun “Musulmonlarga döst Koreya” dasturini işga tuşirdi. Bu taşabbus halol obektlar, jumladan, mehmonxonalar, restoranlar va turoperatorlarni sertifikatlaşni öz içiga oladi.
Özbekistonda musulmonlar uçun döstona turizmni rivojlantiriş
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm taşkiloti Boş Assambleyasining 25-sessiyasidagi nutqida turizm sohasiga kiritilayotgan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltirişini, yaratilayotgan har bir yangi iş örni boşqa tarmoqlarda yana ikkita iş örni hosil qilişini aytdi.
Şu bilan birga, imkoniyati çeklangan sayyohlar uçun qulay şaroitlarni yanada yaxşilaş, inklyuziv turizm infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida 2025 yilni “Butunjahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qiliş va maxsus deklaratsiya qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.
“Inklyuziv turizm” musulmonlar uçun döstona turizm (MDT) tuşunçasini ham öz doirasiga oladi. Şu boisdan, Özbekistonda musulmonlar uçun döstona turizmni yanada rivojlantirişda quyidagi yönalişlarni takomillaştiriş lozim:
“Halol” sertifikati va standartlar – mehmonxonalar, restoranlar va xizmatlar uçun “halol” sertifikatining aniq standartlarini belgilaş hamda xalqaro tajriba va talablarni örganiş.
Raqamli platformalar va ilovalar – halol xizmatlar, masjidlar va musulmonlar uçun qulay bölgan boşqa qulayliklar haqida real vaqtda ma’lumot beruvçi raqamli platformalar va mobil ilovalarni işlab çiqiş va tarğib qiliş.
Halol xizmatlarini diversifikatsiya qiliş – halol xizmatlar turlarini oşiriş, jumladan, dam oliş, köngiloçar, oilaviy ovqatlaniş maskanlarida va turar joylarda musulmon sayohatçilarning turli ehtiyojlarini qondiriş imkoniyatlarini yaratiş.
Qulay ibodat joylari – aeroportlar, savdo markazlari va sayyohlik joylarida ibodat joylarini va qulayliklarni yaratiş. Kelgusida jamoat (xalq) uçun hizmat qiladigan obektlar qurilişida (loyihalaşda) uşbu şartlarni hisobga oliş va rejalaştiriş.
Davlat-xususiy şeriklik – musulmonlar uçun döstona turizm infratuzilmasini rivojlantiriş uçun davlat va xususiy sektor örtasida hamkorlikni yölga qöyiş. Uşbu hamkorlik moliyalaştiriş imkoniyatlarini oşiradi va barqaror ösişni ta’minlaydi.
Sertifikatlaş uçun davlat grantlari – “halol” sertifikatini olmoqçi bölgan korxonalarga (taşkilotlarga) moliyaviy yordam yoki grantlar taqdim etiş. Bu köproq muassasalarni sertifikatlaş jarayonidan ötişga undaydi, bu esa musulmonlar uçun qulay turizm ekotizimini yaxşilaydi.
Islomiy moliya xizmatlari – musulmonlar uçun döstona turizm bilan şuğullanuvçi korxonalar ehtiyojlarini qöllab-quvvatlovçi moliyaviy mahsulotlarni taklif qiliş uçun islom banklari, islomiy bank darçalari, islomiy suğurta (takaful) xizmatlari bozorini rivojlantiriş. Bu şariatga muvofiq moliyalaştiriş va investitsiya imkoniyatlarini öz içiga oladi.
Qonunçilik – MDT rivojini ta’minlaş maqsadida, tegişli qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, bu uçun ma’sul vazirlik va idoralarni biriktiriş hamda qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar faoliyatiga aralaşmaslik şartlarini qonun orqali yanada mustahkamlaş.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Özbekiston turizm sanoati katta potensialga ega. Musulmonlar uçun döstona turizm yönalişida amalga oşiriladigan islohotlar ham mahalliy turistlar, ham xorijlik turistlar (ziyoratçilar) uçun manfaatli böladi. Rivojlaniş va raqobat davrida yaşayotganimiz bois, erkin va qulay şartlar asosida rivojlanişimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Iskandar Tursunov,
Islom iqtisodiyoti va moliyasi mutaxassisi