Joriy yil 23 oktabr kuni bir guruh parlament deputatlari hukumatdan import qilinayotgan maşinalar yuzasidan paydo bölayotgan masalalarga izoh berişini söragan. Deputatlar Rasul Kuşerbayev, Doniyor Ğaniyev va Bekmirza Eşmurzayevning fikriça, import qilinayotgan avtomaşinalar uçun «UzAuto Motors» AJ va «Jizzax avtomobil zavodi» MÇJ tomonidan import boji va utilizatsiya yiğimi tölanmayotgan bölişi mumkin.

Rasul Kuşerbayevning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomaşinalari Chevrolet kompaniyasining AQŞ, Xitoy va Tailanddagi zavodlaridan keltirilişi körsatib ötilgan. 

«Bundan taşqari, «Özavtosanoat» tarkibidagi «Jizzax avtomobil zavodi» MÇJ şu yil iyuldan Volkswagen Caddy avtomaşinalarini, oktabr oyidan esa Škoda Kodiaq avtomaşinalari sotuvini boşlagan. Oçiq manbalarda keltirilişiça,  uşbu maşinalar Polşadagi zavoddan import qilinadi», — deydi deputat Kuşerbayev.

Uning aytişiça, «UzAuto Motors» AJ va «Jizzax avtomobil zavodi» MÇJ tomonidan import qilinib, dilerlik tarmoği orqali taklif etilayotgan avtomaşinalar narxlari tahlil qilinib, avtomaşinalarning bojxona qiymati hisob-kitob qilinganda, özgaça natijalar namoyon bölmoqda.

Moliyaçi Otabek Bakirov şu masalaga e'tibor qaratib, Telegram-kanalida şunday yozgandi:

«Tailanddan import qilinayotgan Chevrolet Trailblazer narxini olaylik. Bu avtomaşina «Özavtomotors» tomonidan hozir 398 million sömdan yoki 38 ming 492 dollardan sotilmoqda.

Agar «Özavtomotors» barça bojxona boji (156,8 million söm), QQS (46,6 million söm), bojxona boji (0,3 million söm) va utilizatsiya yiğimini (40,1 million söm) tölab, uşbu avtoni Özbekistonga olib kirayotgan bölsa, bu avtomaşinaning Özbekiston çegarasiga kirayotganda bojxona qiymati 154,1 million söm yoki 14 ming 903 dollar bölişi kerak», — deb fikr bildirgan Bakirov. 

Parlament a'zolarining örganişida C