Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yönalişi böyiça örinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib beriş evaziga pora olgan vaqtida uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Daryo» manbasiga köra, Izboskan tumani hokimining investitsiya, sanoat va savdo yönalişi böyiça örinbosari A.K. Katta Farğona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini E-auksion’dagi savdolarni yopiq şaklda ötkazgan holda sotib olib berişda yordam berişini aytib, evaziga pul talab qilgan. U 7 aprel kuni talab qilingan pullardan 500 dollarini xizmat xonasida olayotganida qölga tuşgan.

A.K. 2022 yilning oktyabr oyidan buyon tuman hokimi örinbosari — tuman investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Bundan avvalroq Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining ikki mansabdori pora bilan qölga olingani xabar qilingandi.