Jahon | 02:00 / 23.09.2022
19210
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vaziri Falastin davlati tuzilishini qo‘llashini aytdi

Foto: Fox News

Isroil bosh vaziri Yair Lapid BMT Bosh assambleyasida qilgan chiqishida ikki xalq o‘rtasidagi mojarolarga chek qo‘yish uchun Falastin muxtoriyati bazasida to‘laqonli davlat tuzish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.

«Bizda faqat bitta shart bor: bo‘lajak Falastin davlati tinchlikka intilgan bo‘lishi kerak», — degan Lapid.

«Falastinliklar bilan ikki davlat, ikki xalq prinsipiga asoslangan kelishuv — bu Isroil xavfsizligi, iqtisodiyoti, farzandlarimiz kelajagi uchun to‘g‘ri yo‘l», — deya qayd etdi Lapid.

Lapidning BMT Bosh assambleyasida qilgan bayonoti Isroil sobiq bosh vaziri Binyamin Netanyahu tanqid ostiga oldi.

«Lapid Isroilni falastinliklar tomonidan qazilgan choh tomon boshlamoqda. Lapidga Kfar-Saba, Petax-Tikva va Netaniya chegaralarida Falastin davlati tuzishga yo‘l qo‘yib bermasligimiz kerak. Isroilni Oslo falokatiga qaytarishga yo‘l qo‘ymaymiz», — degan Netanyahu. 

Netanyahu shuningdek, Lapidni Eron bilan kurashmaganlikda ayblagan.

Mavzuga oid