Şu yilning yanvar oyida 11 oylik çaqaloqning tanasidan 16 dona igna topilgani haqida şov-şuvli xabarlar tarqalgan edi.
Çaqaloq jarrohlik amaliyotiga yotqizilgani, soğligi haqidagi yangiliklar heç kimni befarq qoldirmadi. Gödak tanasiga ignalar qanday va kim tomonidan kiritilgani haqida turli faraz va taxminlar bildirilib, mazkur voqea bir oy davomida barçaning e'tiborida bölgani bor gap.

Öşanda, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan bola tezkorlik bilan jarrohlik stoliga yotqizilgandi. Markazdagi, Bolalar jarrohlik bölimi tomonidan barça ignalar tanada turliça joylaşgani, ya'ni - çaqaloqning yöğon içak qismida, siydik qopi, kökrak qafasida, bolaning böyin qismida, umurtqa poğonasida, yurak ostida aniqlangaç, bölim mudiri, professor Akilov jarrohlik amaliyoti ötkazişga kirişgan edi. Joriy yilning 17 yanvar kuni çaqaloq operatsiya qilindi. 9 soat davom etgan operatsiyada 10 nafarga yaqin şifokor iştirok etdi va bolaning tanasidan 11 dona igna çiqarib olindi.

Mana, oradan 10 oy ötdi. Köp sonli öquvçilarimizning talabiga binoan, hayotining ilk oylarida katta sinovlarni boşidan ötkazgan bolakayni yöqlab bordik.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş
Farğona viloyati, Toşloq tumani, Nayman qişloğidagi Xudoyberdiyevlar xonadonidamiz. Oila, yangi qurilgan uyga yaqinda köçib çiqibdi. Bizni Azizbekning otasi Azimjon kutib oldi. Içkariga kiramiz. Mana öşa, murğak bölsada tanasidagi ignalar bilan olişgan bardoşli qahramonimiz – Azizbek. U onasining quçoğida jilmayib ötirardi.


























