Toşkent şahar hokimligi huzurida jamoatçilik kengaşi tuziladi. Bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Xalqaro biznes va texnologiyalari assotsiatsiyasi (AMBiT) raisi, Özbek—Xitoy savdo uyi vakolatxonasi rahbari va bir qator kompaniyalar asosçilaridan biri, tadbirkor Hikmat Abdurahmonov kengaş raisi etib tayinlangan.

Jamoatçilik kengaşini tuzişdan közlangan maqsad — Toşkent şahrini yanada rivojlantiriş, davlat-xususiy şerikçiligini kengaytiriş, şaharni boşqarişda axborot texnologiyalaridan keng foydalaniş, Toşkent şahrini xorijiy aloqalarini rivojlantiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali şahar byudjyetiga soliq va boşqa tölovlar tuşumini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş, şahar ekologiyasini yaxşilaş, parklar, mini-parklar hamda yaşil maydonlar taşkil etiş, yoşlarning iştirokini kengaytiriş, dunyoni rivojlangan poytaxt şaharlarida sinovdan ötgan yangi texnologiyalarni joriy etiş orqali şahar infrastrukturasini takomillaştiriş, soğliqni saqlaş, sportni ommalaştiriş, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, madaniy tadbirlarni ötkaziş, şahar hayotini yaxşilaşga oid normativ hujjatlarni işlab çiqiş masalalarida keng jamoatçilik iştirokini ta'minlaşdir.

Jamoatçilik kengaşida Toşkent şahrini rivojlantiriş, uni «XXI asr şahri»ga aylantiriş, sönggi texnologik yutuqlarni joriy etiş, şahar boşqaruvini şaffofligini ta'minlaş, poytaxt aholisi va mehmonlariga qulayliklar yaratiş böyiça takliflar işlab çiqiladi va ularni joriy etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi.

Jumladan, Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan «Obod mahalla» dasturini sifatli töliq ijrosi ustidan jamoatçilik nazorati yangi taşkil etilayotgan kengaş tomonidan amalga oşiriladi.

Toşkent şahar hokimligi Jamoatçilik kengaşi faoliyatida qatnaşiş takliflarni kengaş raisi Hikmat Abdurahmonovga elektron poçta orqali yuboriş mumkin.