Tuxum emas, muammo tuğayotgan tovuqlar - navbatdagi Andijon tajribasi
|23:00 / 26.04.202268 0587 min
Bozorda 35-45 ming söm atrofida sotilayotgan tovuqlar aholiga 85-95 ming sömdan ötkazilyapti – kamiga kreditga. 100 ta tovuq bir kunda nari borsa 30 ta tuxum qöygan. Ularning nobud bölib borayotgani esa hammasidan oşib tuşyapti.
Ehtiyojmand oilalarga imtiyozli kredit asosida tovuq berişdan maqsad nima? Rasmiylarning javobi quyidagiça: oilalarni biznesga örgatib, daromadini oşiriş va xonadonga farovonlik olib keliş. Biroq amalda-çi?
Şu kunlarda Andijonda aholiga tovuq tarqatiş siyosati avjiga çiqqan. Mahalliy budjetning 10 milliard puli parrandaçilikka yönaltirilib, xonadonlarga tovuq berilmoqda. Viloyat hokimligi topşiriğiga asosan tuman hokimliklari kunlik rejadagi tovuqlarni “Paxtaobod parranda” MÇJdan olib, vositaçi orqali mahallalarga tarqatyapti.
Biroq, fuqarolar hokimlik taşabbusi bilan banklar orqali kreditga berilayotgan tovuqlarning narxi bozordagidan ikki-uç barobar qimmat ekani, tuxum qilmayotgani, kasallikka çalinib tez ölib qolayotgani va don bilan boğliq muammolar paydo bölayotganidan norozi.
Ma’lum bölişiça, kredit evaziga berilayotgan tovuqning 1 donasi aholiga 20 kunlik yemi bilan 95 ming sömdan pullangan. Har bir xonadonga örtaça 100 donadan tovuq, har kilogrammi 4700 sömdan bölgan 22 kilo yem berilgan.
Tovuqlar tuxum emas, muammo tuğyapti
Imtiyozli kredit olib tovuq boqayotgan aholi vakillari bilan suhbatlaşdik. Ular parrandalarni yaxşi şaroitda boqişsa ham, samara bermayotganidan şikoyat qilişdi.
“8 mart kuni 100 dona tovuq olganman. Boşida tovuqlar eng köpi 30 donagaça tuxum tuğdi. Mana bugun, 22 aprel – 15 kundan beri tuxum tuğmay qöydi. Tovuqlar menga 94 ming sömdan tuşgan. Şu kungaça 25 donasi öldi. Veterinar çaqirdik. Dori-darmon qilib turasiz dedi.
Mavzuga oid
20 kunlik yem berişgandi. Şu böyi berişgani yöq. Oilamga foydasi tegsin deb olgandim. Bitta öquvçi farzandim bilan yaşayman. Mahallaqöm bilan, hokim yordamçisi “500-600 ming foyda körasiz” deb berib çiqib ketgan edi. Endi tuğmayotgan tovuqlarga kuniga 10 kilodan yem olib beryapman. Tuxumlarini 700 sömdan olamiz deyişyapti. Bu bizga faqat ziyon”, – deydi Oltinköl tumani Xöja mahallasida yaşovçi Marhabo Töyçiyeva.
Asaka tuman Arğin mahallasida istiqomat qiluvçi Gavharoy Xudoyberdiyeva ham yaxşi niyatlar bilan kreditga 100 dona tovuq olgan ekan.
“Bizga asli qora tovuq beramiz deyişgan edi. Mana, qizil tovuqlarni berişdi. 90 ming sömdan olgan tovuqlarimizning narxi bozordan teng barobar qimmat ekan. Yuz tovuqdan 20tasi tuxum tuğyapti. Bozorda 700dan sotyapman. Xaridor topiş ham qiyin.
Menga tovuqlarni berayotib, ozuqasi yetkazib berilişi, tuxumlarni özlari sotuvga olib ketişini aytişgan edi. Şu kungaça ozuqa tugab, ziyonga kirib ketyapman”, – deydi u.
Xöja mahallasida yaşovçi Izzatoy Abduraşidova kataklarida joy yetarli bölgani uçun 200 dona tovuq olibdi. Parrandalarga 200 kilogramm ozuqa qöşib berilgan. Uning tovuqlari ham avvaliga 30 donadan tuxum qilib, oxirgi 15 kunlikda tuğmay qöyibdi.
“Tovuqlarni xuddi bola boqqanday avaylab boqyapmiz. Olib kelgan kunlarimiz sovuqqotmasin deb, keçasi bilan “nagrevatel” qöyib çiqdik. Juda nozik tovuqlar ekan. Keçasi bilan bir-ikkitasi ölib qolyapti.
Olib kelib berganlar 200 dona tovuq deb berib ketgaç, sanasak, 2 dona kam çiqqandi. Boşqalarda ham şunaqa kam çiqyapti ekan. 28-30 ta tovuq öldi şu kungaça. Tuman hokimiga çiqdik. Şundan keyin veterinar keldi. Dori-darmonlar bilan boqişimiz kerakligini aytişdi.
Töğrisi, bizga bu tovuqlarni “80 foiz tuxumi bor” deyişgani uçun olgandik. Şunga qarab hisob-kitob qilganmiz. Özimizça ikki yuzta tovuqdan 50 foiz tuxum olsak, 750 ming söm kredit tölasak, 1 mln 200 mingga don yedirsak, ikkita voyaga yetgan farzandimizga 500 mingdan oyiga maoş bölar ekan, degandik. Hozir foyda körişni öylab, adaşganimizni bilyapmiz”, – deydi Izzatoy Abduraşidova.
Madaniy mehnat mahallasida yaşovçi Barçinoy Xalilova ham mahalla raisi va hokim yordamçisi “Tuğadigan qora tovuq beramiz” degani uçun 100 dona tovuq olgani, biroq unga qizil tovuq berişgani, endi yemiga qiynalayotganini bildirdi. Ma’lumot uçun, qora tovuqning tuxumi bozorda 2500 sömgaça sotiladi.
Bozordagi narxlar
Biz mahalliy bozorlarga borib, aholiga ötkazilganiga öxşaş qizil tovuqlar va don narxini örgandik.
Andijon bozorlarida xuddi şunday yoşdagi va oğirlikdagi tuxum qiladigan tovuqlarning narxi 35 mingdan 50 ming sömgaça ekan. Makka donining narxi 5 ming atrofida, boşqa aralaşma ozuqalarning narxi 7 ming sömgaça sotilmoqda.
“Biz tovuq olişga birovni majbur qilmayapmiz”
Izoh oliş maqsadida, mazkur işlarga boş-qoş bölib turgan Andijon viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining oziq-ovqat xavfsizligi böyiça örinbosari Dilşodbek Yölçiyev bilan boğlandik.
Mutasaddi viloyatda jami 957 mingta tovuq tarqatiş rejalaştirilgani, Tetra zotiga mansub tovuq tuxumlari Niderlandiya va Belarusdan keltirilib, “Paxtaobod parranda” MÇJda inkubatsiya qilinganini bildirdi.
“Biz aholiga beş yarim oylik tuxum tuğadigan tovuqlarni beryapmiz. Bozorda tuxum tuğmaydigan tovuqlar arzon bölişi mumkin. Taşiş paytida ölgan tovuqlar qaytarib berilyapti.
Heç kim tovuq olişga majburlanayotgani yöq. Tovuqlar “Paxtaobod parranda”dan taşqari “Xurşid tantanasi”, “Yetti xazina” va boşqa parrandaçilik korxonalari orqali ham tarqatilyapti. Har bir tumanda klasterlar taşkil qilingan, ular “muravey” mototsikllarida yurib, tuxumlarni yiğib olib, bozorlarda sotişni taşkil qiladi”, – deydi Dilşodbek Yölçiyev.
Aslida imtiyozli kreditlar aholining qöyi qismini iş bilan ta’minlaşi va daromadini oşirişga xizmat qilişi lozim. Kreditdan parranda yetiştirayotgan monopol tadbirkor yoki örtakaş vositaçi emas, aholi foyda körişi kerak. Berilgan tovuqlar ölib, xonadon şaroiti önglanmay, böyniga ilingan millionlab kredit yuki bilan yanada qaşşoqlaşib borayotganidan birovning işi yöq.
Oqibati kundek ravşan: tovuqlar yo qirilib ketadi yo söyib yeb bitiriladi, fuqaro foyda körmaydi, kreditni ham tölay olmaydi. Budjet pulidan moliyalaştirilgan kredit esa “muammoli kredit”ga aylantirilib, yana budjetdan qoplanadi.
Ikki örtada tovuqni sotgan, uni aholiga olib kelib berişda vositaçilik qilgan va mana şu oldi-berdilarda aralaşib yurgan çinovniklar yutadi.
“Andijon tajribasi” deya boşqa hududlarga örnak qilinişi kutilayotgan holat aslida mana şu...