Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.
Aziz Abduhakimov 1974 yilda tug‘ilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov lavozimdan olingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026