Özbekiston fuqarolari mamlakatga piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan vaqtda özi bilan bojxona tölovlarisiz tovarlar olib kirişi tartibiga özgartiriş kiritiliş mumkin.

Hozirda, 2018 yildagi qarorga asosan, jismoniy şaxslar tomonidan tovarlarni olib kirişning bojxona tölovlari undirilmaydigan quyidagi çeklangan me’yorlari belgilangan:

  • xalqaro aeroportlar orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 2000 AQŞ dollari miqdorida;
  • temir yöl va daryo ötkaziş punktlari orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 1000 AQŞ dollari miqdorida;
  • avtomobil yöli (piyodalar yöli) ötkaziş punktlari orqali bojxona çegarasini kesib ötganda – 300 AQŞ dollari miqdorida;
  • xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari orqali jismoniy şaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uçun bir kalendar oy mobaynida – 1000 AQŞ dollari miqdorida.

Kun.uz manbasiga köra, avtomobil yöli (piyodalar yöli) orqali bojxona çegarasini kesib ötayotganda tovarlarni olib kirişning bojxona tölovlari undirilmaydigan miqdorini 300 dollardan 100 dollargaça kamaytiriş masalasi muhokama qilinmoqda.

Bundan taşqari, boj undirmaslikning yana bir şarti kiritilişi mumkin – fuqaro çegaradan taşqarida kamida 2 kun yaşagan bölişi kerak.

Manbaning ta’kidlaşiça, ayrim tadbirkorlar odamlarga ma’lum miqdorda haq tölab, ular orqali bojxona tölovlarisiz tovar olib kirayotgani bu masala körib çiqilişiga sabab bölgan.