Naşr Nikolay, Vitalik va Ivan, DevOPS-muhandis Anton, iOS-dasturçi Ivan va Python-dasturçi Dmitriy, aytiçi Sergey va ismlari sir saqlanişini söragan yana ikki mutaxassis bilan suhbatlaşdi.

Nima uçun Özbekiston?

Suhbatdoşlar turliça javob qaytarişdi: Gruziyaga ketişni rejalaştirgan, ammo Toşkentda kompaniyaning ofisi bor edi; Özbekistonda yaşaş arzon deb öylagan; Samarqand, Buxoroni körişni ançadan buyon orzu qilgan.

Ivan Özbekistonga 1 mart kuni oilasi bilan kelgan va Turkiyaga ketişni rejalaştirmoqda. Uning aytişiça, Özbekistonda yaşaş juda qimmat. Nikolay ham Özbekistonni «boşqa mamlakatga ketiş uçun ötkazuv punkti» deb hisoblaydi.

Ularning köpçiligi uçun şaroitlar jozibali bölib tuyulgan. Özbekistonda xususiy korxona oçib, öz-özini band qilgan şaxs maqomini oliş yoki mahalliy IT-park rezidenti bölib, 7,5 foiz daromad soliğini tölaş mumkin. Kompaniya buning uçun Özbekiston hududida yuridik şaxs taşkil etişi, «iqtisodiy asoslangan biznes-rejasi bölişi va faoliyatini maxsus röyxatga asosan amalga oşirişi lozim».

Özbekistonga qanday kelişdi?

Nikolay Toşkentga 15 mart kuni Rossiya orqali kelgan. «Moskvadan uçdim, bojxonada söroq qilişdi, kelişdan maqsadim, kim bölib işlayman, keyinçalik Özbekistonda işlaymanmi va hokazo. Telegram, Twitter va boşqa ijtimoiy tarmoqlarimni körişdi. Qörqinçli emas, lekin yoqimsiz holat».

Boşqa qahramonlarni heç kim söroq qilmagan, ammo çipta oliş muammo bölgan. DevOPS-muhandis Antonni xotini, uç farzandi va ikkita iti bilan kompaniya olib kelgan.

Suhbatdoşlarning sözlariga köra, köplab aytiçilarni aeroportda mahalliy IT-park vakillari kutib olmoqda: ularni mikroavtobuslarda mehmonxonaga olib ketişmoqda.

Bank kartasi oliş: 10 daqiqa va 10 dollar

Bank kartasi oliş muammo emas: Anton 10 dollarga va 10 daqiqa içida MasterCard, 10 dollarga va 3 daqiqa içida mahalliy Uzcard kartasini olgan. Qolganlar karta oçişmagan – 1 aprelni kutişgan. Şu kundan «aytiçilarning işga joylaşişi uçun yengilliklar yaratilişi közda tutilgan». Özbekiston axborot sohasidagi investorlar, IT-kompaniyalar muassislari va mutaxassislarga hamda ularning oila a’zolariga IT-viza berişni rejalaştirgan. Jismoniy şaxslar uç yillik viza olişlari mumkin.