Ukrainada Rossiya tomonidan boşlangan uruş köplab davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qilmoqda. Sönggi haftalarda xalqaro moliya taşkilotlari xususan Özbekistonning ham iqtisodiy ösişiga oid prognozlarni sezilarli pasaytirdi.

Yevropada tiklaniş va taraqqiyot banki 2022 yilda Özbekiston YaIM ösişi böyiça prognozini 6 foizdan 4 foizga, Jahon banki 6 foizdan 3,4 foizga, Xalqaro valuta jamğarmasi 6 foizdan 3-4 foizga, Fitch reyting agentligi 5,5 foizdan 3,1 foizga pasaytirdi.

Şu yil 31 martdan 13 aprelgaça Toşkentda bölgan Ron van Ruden boşçiligidagi Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasi Özbekiston tomoni bilan maslahatlaşuvlardan söng özining yakuniy bayonotini e’lon qildi.

Global tendensiyalarning ta’siri

Hisobotda yozilişiça, Özbekistonda pandemiya davri nisbatan muvaffaqiyatli keçgan. Yetarli zaxiralar va oltin bahosining oşişi hukumatga pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumşatiş imkonini bergan. 2020 yil oxirida boşlangan iqtisodiy tiklaniş 2021 yilda ham davom etgan va ösiş 7,4 foizgaça tezlaşgan. Global oziq-ovqat va xomaşyo narxlarining bosimi inflatsiyani oşirgan, ammo nisbatan qattiq pul-kredit siyosati sabab bu körsatkiç 2021 yil oxiriga kelib 10 foizgaça pasaygan.

“Pandemiyaning ta’siri kamaygan bir paytda Ukrainadagi uruş va Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalar yangi noaniqlikni keltirib çiqardi va Özbekiston iqtisodiyotining istiqbollariga salbiy ta’sir körsatdi. Rossiya Özbekistonning asosiy savdo şerigi, şuningdek, pul ötkazmalari hamda energetika va toğ-kon sanoatidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun asosiy manba ham hisoblanadi.

Savdodagi uzilişlar, yoqilği va oziq-ovqat narxlarining kötarilişi va global moliyaviy şaroitlarning keskinlaşişi mamlakat rivojlanişiga qöşimça tösiqlarni keltirib çiqaradi. Özgaruvçanlik va noaniqlik birmunça vaqt yuqori bölib qolişi kutilmoqda”, deyiladi hisobotda.

Kutilmalar

Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda 2022 yilda Özbekiston iqtisodiyotining ösişi ilgari prognoz qilingan 6 foiz darajasida emas, balki 3-4 foizgaça bölişi mumkin.

Pul ötkazmalarining qisqarişi umumiy importning kamayişi va tovarlar eksportidan keladigan daromadlarning oşişi bilan qisman qoplanişi kutilmoqda.