Oliy sud Kompromatuzb Telegram-kanali bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan sud hukmi e’lon qilingani haqida xabar berdi.
Bugun, 26 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida X. D. (1984 yilda Andijon viloyatida tuğilgan), S. X. (1983 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan), A. A. (2004 yilda Andijon viloyatida tuğilgan) va M. M. (ayol, 1973 yilda Andijon viloyatida tuğilgan) ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining raisi T. Obidov raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga köra:
Xurşid Daliyev Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uçun asoslar) 1-bandiga asosan jinoyat işining ayrim epizodlari böyiça Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi).
U Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a» bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş) 3-qismi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) va 61 (jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari) moddalari tartibida 3 yilga ommaviy axborot vositalarida işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi umumiy tartibli koloniyalarda ötalişi belgilandi.
Siyovuş Hoşimov Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan jinoyat işining ayrim epizodlari böyiça Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi va 165-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi (oqlandi).
U Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybli topilib, unga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida 3 yilga OAVda işlaş hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi umumiy tartibli koloniyalarda ötalişi belgilandi.













