Shavkat Mirziyoyev: Alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur
Bugun, 5 iyul kuni toshkentlik saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish ishlari oxirigacha yetkazilishi kerakligini aytdi.
“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.
Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”, – deya prezidentlikka nomzodning so‘zlarini keltirdi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil noyabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘zbek tilshunos olimlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha yakuniy va hal qiluvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda mutaxassislar qator muammolarni keltirib chiqarayotgani sabab alifbodagi o‘, g‘, sh, ch, ng harflarini bitta belgi bilan ifodalash kerak degan qarorga kelgan va shu qaror asosidagi hujjat loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan bo‘lgandi. Lekin bu taklif borasidagi keyingi amaliy qadamlar tashlanmadi.
Shuningdek, o‘sha yili Vazirlar Mahkamasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan edi.
Unda belgilangan qator vazifalar, xususan tegishli normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish topshirig‘i ijrosi yuzasidan ayni paytgacha ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42 / 23.11.2024