Sitorai Mohi Xossa mansabdorlariga jinoiy ish ochildi. Tarixiy majmuaning bir qismi badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan
Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.

Foto: Wikipedia
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan "Sitorai Mohi Xossa" tarixiy majmuasidagi restavratsiya ishlari holati o‘rganilgan. O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlangan.
Xususan, ta’mirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qo‘pol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.
Agentlik tomonidan o‘rganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.
Ma’lumot uchun, Sitorai Mohi Xossa Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920 yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.
Ta’kidlanishicha, 2019-2020-yillarda majmuada qiymati 8 mlrd so‘mlik ta’mirlash va restavratsiya ishlari olib borilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
O‘zbekiston | 12:42
-
YeI yangi mudofaa loyihalariga qariyb 1 milliard yevro sarflaydi
Jahon | 12:40
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

23:44 / 05.03.2025
Dog‘istonda bola ko‘targan ayolning boshiga muz qulab tushdi (video)

18:12 / 27.01.2025
Teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani haqoratlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

14:53 / 08.01.2024
Xorazmda obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

13:48 / 18.01.2023