Teleboşlovçi Nilufar Sotiboldiyevani haqorat qilgan şaxsga hukm öqildi. Jinoiy iş JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida sudya Bahrom Berdiyev raisligida körib çiqildi.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, 1987 yilda tuğilgan, Navoiy viloyatida yaşovçi fuqaro A.J. 2024 yil 30 iyun kuni Instagram orqali Nilufar Sotiboldiyevani haqoratlagan. Mazkur şaxs 2024 yil avgust oyida firibgarlik jinoyatida ayblanib, qamoqqa olingan. Şu sababli sud jazoni ijro etiş koloniyasidan videokonferens-aloqa rejimi orqali ötkazilgan.
Ma’lum bölişiça, Nilufar Sotiboldiyeva 2024 yil mart oyida Tailandga qilgan sayohati çoğida qizi bilan birgalikda raqsga tuşib, uni özining Instagram’dagi sahifasiga joylaştirgan. Suxandonga notaniş bölgan “azimsherdjurayev” nomli akkaunt egasi esa şu post ostiga haqoratli izohlar yozib qoldirgan. Şundan söng u huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.
A.J. sudda aybiga töliq iqror bölgan.
“Qiz farzandli bölişni doimo niyat qilganman. Uşbu boşlovçi özining qizi bilan tarbiyasiz xatti-harakatlar qilayotganini körib, jahlim çiqib ketdi. Şu sababli, uning videolavhasiga izoh yozdim. Bir hafta ötib menga nomsiz akkaunt orqali bir şaxs xabar yozdi va “nima uçun meni haqoratlading?” deya söradi. Uşbu noma’lum şaxs Nilufar Sotiboldiyeva ekanini bilib, unga yoş bolaning tarbiyasiga ta’sir qiladigan qiliq qilganing uçun seni sökdim, deb javob berdim”, degan u öz körsatmasida.
Erkak qilmişidan puşaymon ekanini aytib, jabrlanuvçidan keçirim söraşini bildirgan.
Nilufar Sotiboldiyeva sudlanuvçi bilan yaraşmasligini, bu qolganlarga dars bölişini ma’lum qilgan hamda suddan A.J.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan. Şuningdek, u ma’naviy zarar sifatida 100 mln söm talab qilgan.
Sud hukmi bilan A.J. Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilgan. Unga iş haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 1 yil muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.













