Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Turkiyada yuz bergan kuçli zilzila fonida özbekistonliklarni sarosimaga tuşmaslikka çaqirdi.
«6 fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir bölgan zilzilalar aholi örtasida sarosima yuzaga kelişiga sabab bölmoqda. Bu, öz navbatida, mamlakatimiz hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan aholiga xolis va işonçli ma’lumotlar taqdim etişni taqozo qiladi. Qayd etiş kerakki, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylaşgan bölib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir bölmoqda», deyiladi xabarda.
FVV Özbekistonda maxsus ekspert komissiya zilzila sodir böliş ehtimolini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaşini ma’lum qildi.
«Respublikamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholaş va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qiliş böyiça Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Uşbu komissiyasi har haftada Özbekiston va unga çegaradoş hududlarda zilzila sodir böliş ehtimolini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi. Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qiliş sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib borilmoqda».
FVV Özbekistonda 5 balldan yuqori magnitudaga ega kuçli zilzila darakçilari aniqlanmaganini ma’lum qildi.
«Olingan kuzatuv ma’lumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023 yil 3 fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga köra, Özbekiston va unga çegaradoş hududlarda magnitudasi M≥5 (5 ballga teng yoki undan katta) bölgan zilzila darakçilari aniqlanmagan hamda kuçli zilzilalar sodir böliş ehtimoli mavjud emasligi ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.

















