Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan Özbekiston fuqarosi va Londonda bölib qaytgan yana bir fuqaroning turmuş örtoğida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat'iy tibbiy nazoratda bölgan.
Ayni paytga kelib, uşbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozirça qoniqarli bölib, şifokorlar tomonidan standartlar asosida davolaş muolajalari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, infeksiya tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida olib borilayotgan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.
Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusga çalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 13 nafarni taşkil qilmoqda.
Özbekistonga koronavirus törtta reys orqali kirib keldi:
- Birinçisi, 11 mart kuni Parij-Toşkent reysi. Bu reys orqali uçgan şifokor ayol Özbekistonda öğli, qizi, turmuş örtoği, nabirasi va qarindoşiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
- Ikkinçisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toşkent yönalişidagi 274- reys (4 bemor).
- Uçinçisi, 14 mart kuni London–Toşkent yönalişidagi 201-reys (2 bemor).
- Törtinçisi, Dubay–Toşkent yönalişidagi reys (1 bemor).


















