Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq jarimalarini tölamayotgan haydovçilarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
MIB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, kuni keça ötkazilgan tadbirda 98 ta jarimasi bor Chevrolet Tracker avtomobili vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Ma’lum bölişiça, mazkur avtotransport haydovçisi jarimalarni 60 kun içida tölamagan, şundan söng, hujjatlar Majburiy ijro byurosi Namangan şahar bölimi iş yurituviga kelib tuşgan.
“Davlat ijroçisi tomonidan haydovçiga qarzdorlikni bartaraf etiş yuzasidan ogohlantirilgan, ya’ni uyali raqamlariga SMS yuborilgan. Bir neça marotaba gaplaşilgan ham. Lekin haydovçi qarzdorlikni tölaş örniga maşinasini haydab yurgan. “Buzoqning yugurgani somonxonagaça” deganlaridek, kuni keça Toşkent şahrida töxtatilib, maxsus planşet orqali körilganda jarima tölanmagani ma’lum böldi”, — deyiladi MIB taqdim qilgan ma’lumotda.
Umumiy qarzdorligi 36,3 million sömni taşkil qilgan Chevrolet Tracker vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Avvalroq, yil davomida yöl qoidalarini buzib, jarimani öz vaqtida tölamagan şaxslarga tegişli 14,6 mingdan ortiq avtomobillar jarima maydonlariga joylaştirilgani xabar berilgan edi. Bular qatorida, Toşkentda 128 ta ma’muriy jarimani tölamay yurgan Malibu haydovçisi qölga tuşgan.

















