Shaffof brendi ostidagi gaz-shoxobchalarda tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonning turli hududlarida Shaffof brendi ostida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari va tadbirkorlik sub’yektlarida sodir etilayotgan noqonuniy holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Foto: O‘zA
Bu brend ostidagi 73 ta xo‘jalik sub’yektiga qarashli 101 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasining tabiiy gaz va elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanishi holatlari o‘rganilyapti. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, prezident 6 fevral kungi yig‘ilishda “energetika resurslari xo‘jasizlarcha talon-toroj qilinayotgani”, metan-shoxobchalar ustidan nazorat “butunlay izdan chiqqani”ni aytgandi.
Ko‘p o‘tmay qabul qilingan hujjatlarga asosan, prokuratura va energoinspeksiyaga energetikadagi o‘g‘riliklarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
1 maydan e’tiboran barcha gaz shoxobchalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn videokameralar majburiy o‘rnatilishi belgilandi.
Bosh prokuratura energiya resurslari talon-toroj qilinayotgani haqida xabar berish uchun Telegram-botni ishga tushirgan.
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

11:21 / 23.04.2025
UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham

15:02 / 21.04.2025
Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi

20:38 / 18.04.2025