Bosh prokuratura fuqarolardan o‘zlari yashayotgan hududda energetika sohasidagi qonunbuzarliklar haqida  EnergonazoratBot orqali xabar yo‘llashni so‘ramoqda.

“Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyatga ega. Shu bois Bosh prokuratura jamoatchilik e’tiborini yana bir bor energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq har qanday holatning oldini olish, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratadi”, deyiladi idora axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan videorolikda.

Fuqarolar energetika sohasidagi har qanday qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, noqonuniy foydalanilayotganini o‘z vaqtida aniqlashda faol hamkorlikka chaqirilgan.

Buning uchun ular o‘zlari yashayotgan hududda energetika sohasiga oid biror-bir qonunbuzilishiga guvoh bo‘lishsa, bu haqda EnergonazoratBot orqali xabar berishlari talab etiladi.

“Buning uchun qonunbuzilishi holatini suratga olasiz va maxsus Telegram botga kirib, obekt joylashgan hududni yozib, yuborish tugmasini bosasiz.

Maxsus Telegram botga kelib tushgan har qanday ma’lumot prokuratura organlarida tashkil qilingan Ishchi guruhga avtomatik tarzda kelib tushadi. Ishchi guruh tomonidan har bir qonunbuzilish holati haqidagi ma’lumot sinchiklab o‘rganib chiqiladi va natijasi bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

EnergonazoratBot orqali shu tarzda xabar berish mumkin Foto: Kun.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 16 yanvarida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston energetika tizimidagi muammolarga tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo‘layotgani, xususan, o‘tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlanganini tanqid