Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvand modda savdosi bilan şuğullangan maktab direktori va uning şerigi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1986 yilda tuğilgan F.X. Urgut tumanidagi 71-umumta’lim maktabi direktori lavozimida işlagan. U 2024 yil avgust oyi boşlarida mahalladoşi Ş.A. bilan köp miqdordagi opiy giyohvand moddasini Samarqand viloyati hududida sotiş böyiça jinoiy til biriktirgan.

Jinoiy rejaga muvofiq Ş.A. tergovda şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan şaxsdan qariyb 1 kg opiyni pulini sotganidan söng beriş şarti bilan olgan. Söngra şeriklar 2024 yil 27 noyabr kuni giyohvand moddani huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbirga jalb qilingan şartli haridorga 12 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtda uşlangan. Ulardan bir dona qora rangli sellofan paketga öralgan opiy giyohvand moddasi aşyoviy dalil tariqasida olingan. Uning oğirligi 921,36 grammni taşkil qilgan.

F.X. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan hamda opiyni tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimida işlovçi tanişining iltimosiga asosan topib berganligini, bundan manfaatdor bölmaganini aytgan. Qilmişidan puşaymonligini bildirgan direktor suddan yengillik söragan. 

Ş.A. ham aybiga qisman iqror bölib, F.X. turmuş örtoğini işga qabul qilişini aytgani uçun uning iltimosiga rozi bölib, giyohvand modda topib berganini ma’lum qilgan. 

Sud hukmi bilan F.X. va Ş.A. Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismida (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. F.X.ga 10 yil 2 oy, Ş.A.ga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.