Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan uyga qaytuvchi talabalar uchun chegirma beriladi
Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 foizlik chegirma beriladi.
Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatilgani tufayli viloyatlarda yashaydigan talabalarning uyga qaytish xarajatlari uchun 50 foizgacha chegirma taqdim etiladi. Bu haqda 15 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma'lum qildi.
Bundan tashqari, jamoat transportining shoh bekatlari va temir yo‘l depolarida yo‘lovchi transporti vositalari har to‘rt soatda dezinfeksiya qilinishi lozimligi ham ta'kidlab o‘tilgan.
Bundan oldinroq, koronavirus tufayli 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun ta'til e'lon qilingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
13:38 / 29.01.2026
Chet tili 1-fan bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda yangi talablar belgilandi
08:45 / 27.01.2026
1 fevraldan kambag‘al oilalar talabalariga kontrakt uchun davlat yordami beriladi
10:41 / 12.01.2026