Qaşqadaryo viloyati Hisor davlat qöriqxonasidagi fotoqopqon yana bir qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Hisor davlat qöriqxonasida Qizil kitobga kiritilgan qor qoploni qöriqxona nazoratçilari va ilmiy bölim xodimlari tomonidan qöyilgan yaşirin videotasvirga oluvçi kamera tasmasiga muhrlangan.
Hisor davlat qöriqxonasida qor qoploni 2020 yilning mart-aprel oylarida ham kamera obektiviga tuşib qolgandi.
2020 yil 26 aprel kuni Qizilsuv bölimiga örnatilgan fotoqopqon tekşirilganda, 2020 yil 16 mart kuni soat 18:30da fotoqopqon nigohiga ikkita qor qoploni tuşgani ma’lum böldi.
Qor qoploni Özbekistonning yuqori qor tizmalarida yaşovçi jonivor. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.












