Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida «Niyoz Muhammad Oxund bobo» jome masjidi qurilişi yakunlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga amaliy taşrifi davomida yangi masjid poydevoriga birinçi tamal toşini qöyib, masjidning körkam, barça talab va ehtiyojlarga mos bölişini ta'minlaş böyiça topşiriq berib, fikr-mulohazalar bildirgan edi.

Oradan bir yarim yildan oşiqroq vaqt ötgaç, xayrli iş nihoyasiga yetdi. Umumiy maydoni 3,5 gektarni egallagan masjid majmuasida 4000 nafar namozxon uçun zarur bölgan barça şart–şaroitlar yaratilgan.
Masjid çorburçak şaklida bölib, uning qişki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostlagan. Masjid yonida balandligi 47 metr bölgan minora bor. Bu masjidning me'moriy tuzilişi jihatidan Özbekistonda öxşaşi yöqdir.
Hozirda masjid binosida sönggi ta'mirlaş, bezaş işlari olib borilmoqda.
























