Hukumatning 12 apreldagi qarori bilan, “Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisida”gi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilinişiça, haydovçi YPX xodimining dislokatsiyasi köçirmasi bilan öşa joyning özida tanişişi mumkinligiga oid norma nizomdan çiqarib taşlandi.

Bunda dislokatsiya bilan tanişiş uçun saf bölimiga murojaat etiş orqali yozma ma’lumot olişni talab qiliş mumkin.

Şuningdek, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatganda, tekşiriş jarayonida aniqlangan barça huquqbuzarliklar böyiça çora köradi.

Ilgari faqat şu hujjatlarni tekşiriş jarayonida aniqlangan qoidalar buzilişi böyiça çora körilgan.

Nizomga haydovçilarning alkogolli içimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlaş tartibi ham kiritildi.

Unga köra, mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanişi mumkin. Tekşiruv kamida 2 ta xolis iştirokida amalga oşiriladi (kuzatuv kamerasidan (bodikamera) foydalanilgan hollar mustasno).

Tekşiruvda etanol buğ 0,135 milligramm va undan köp bölganida haydovçiga nisbatan bayonnoma rasmiylaştiriladi.

Transportlarning tusi özgartirilgan (tonirovka) oynalari me’yorlariga javob berişiga aniqlik kiritiş uçun taumetr moslamasidan foydalaniladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq YPX xodimlarining faoliyatini tasvirga tuşirib, ularning roziligisiz internetga tarqatişni taqiqlaş taklif qilingan, Içki işlar vazirligining bu taşabbusi tanqidlarga sabab bölgandi.