Sudya yordamchisi katta tezlikda piyodani urib yuborgan. Piyoda hodisa joyida vafot etgan
Toshkentda odam o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Bu voqea jamoatchilikdan yashirilyapti.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Katta tezlikda harakatlanib kelgan Nexia-3 haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Voqea 30 avgustga o‘tar kechasi ro‘y bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, aravasini yetaklagancha yo‘ldan o‘tayotgan piyoda zarb natijasida bir necha metrga uchib ketgan va boshi bilan yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida voqea joyida jon bergan.
Kun.uz'ning sud organlaridagi manbalariga ko‘ra, avtomobil boshqaruvida Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi D.Ya. bo‘lgan.
Odatda jiddiy YTHlar haqida xabar berib boradigan poytaxt IIBB negadir bu hodisa haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Boshqarmaning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida voqeaga oid ma’lumot topilmadi.
Avvalroq Qashqadaryoda 8 kishining o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi ham dastlab jamoatchilikdan yashirilgan. Bunga YTHda ishtirok etgan avtomobillardan birining haydovchisi harbiy xizmatchi bo‘lgani sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:49 / 16.12.2024
Kun.uz tanqididan so‘ng: Yangiyo‘l sudyasining shubhali hukmiga prokuratura protest kiritdi
09:59 / 14.12.2024
Yunusobod bozorida qayta qurish ishlari boshlanadi
08:50 / 14.12.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi
19:53 / 11.12.2024