22 aprel kuni Tailandning Bangkok şahri mezbonlik qilayotgan boks böyiça Osiyo çempionatining törtinçi kungi janglariga start berildi.

Özbekistonlik boksçilar iştirokidagi dastlabki jangni -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov boşlab berdi. U laoslik raqibi Xampxouvan Xamsatonega qarşi ringga kötarilib, oçkolar hisobiga raqibini mağlub etdi va yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Bugun yana 7 nafar özbekistonlik boksçisi yarim final yöllanmasi uçun jang qiladi.

Kunduzgi dastur:
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Çatçai Budte (Tailand)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Şahnoza Yunusova – Makoto Kikuçi (Yaponiya)
-81 kg: E'zoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)
Keçki dastur, 16:00 dan söng:
-52 kg: Hasanboy Dösmatov – Amit Pangal
-64 kg: Şunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilşodbek Rözmatov – Bek Nurmaganbet (Qozoğiston)