Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 may kuni mamlakatda amaliy taşrif bilan bölib turgan «Rosatom» Atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni Özbekistonga taşrifi bilan qutlar ekan, Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari, özaro manfaatli köp qirrali hamkorlikni izçil mustahkamlaşga xizmat qilayotgan yuqori va oliy darajadagi doimiy aloqalarni çuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tovar ayirboşlaş hajmi, investitsiya, energetika, sanoat, transport va boşqa sohalardagi yirik loyihalar birgalikda amalga oşirilmoqda, mintaqalararo faol muloqot olib borilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar jadal rivojlanmoqda.

Muzokaralar davomida ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş va çuqurlaştirişga, istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga, ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda innovatsion markazlari örtasida yaqin hamkorlikni örnatiş, xususan, atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida ötgan yili imzolangan hamkorlik töğrisidagi Hukumatlararo bitim doirasidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
Birgalikdagi dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş böyiça muntazam işlarni taşkil etiş muhimligi ta'kidlandi.
«Rosatom» davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov samimiy qabul uçun davlat rahbariga çuqur minnatdorlik bildirdi, Rossiya Federatsiyasi rahbariyati nomidan samimiy tilaklarni yetkazib qöydi.

Rossiya tomonining ikki mamlakat va xalqlar manfaati yölida energetika sohasidagi keng kölamli şeriklik va özaro manfaatli ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirişga qiziqişi va tayyorligi alohida ta'kidlab ötildi.
















