Rahim Rasuljonoviç Hakimov adliya vaziri örinbosari - Toşkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Rahim Hakimov 1983 yil Namangan viloyati, Çust tumanida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 2003 yilda Namangan davlat universiteti, 2005 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqşunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi. 

R. Hakimov şu kunga qadar Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida işlab kelayotgandi. Şuningdek, u  Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi sanaladi. 

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi qaroriga asosan Yesemurat Kanyazov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi adliya vaziri örinbosari – Toşkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etilgandi. 

U Adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi buyruği bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin, Toşkent davlat yuridik universiteti bayonot bilan çiqqani, u universitetning korrupsion imiji haqida ekani ma'lum qilingandi.