Respublika maxsus komissiyasining 11 fevral kuni ötkazilgan yiğilişida Özbekistonda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qoliş maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi qarori asosida Germaniya bilan aviareyslarni (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatiş böyiça joriy etilgan çeklov bekor qilingan.

Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat biroz bölsa-da barqarorlaşganini inobatga olib, aholiga madaniy hordiq çiqarişlarini taşkillaştiriş maqsadida konsert saroylarining tomoşabin örindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda (tomoşabinlarni ikkita yonma-yon örindiqda joylaştirib, har uçinçisini böş qoldiriş) taşkil etiş tartibi belgilandi.

Vazirlikning sönggi ma'lumotlariga köra, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan Özbekistonga kiriş va çiqiş böyiça taqiq bahorgaça amal qiladi. Mazkur çeklovlar 2020 yil 21 dekabrdan joriy etilgan, keyinçalik 1 fevralgaça uzaytirilgan edi.