Hozirgi kunda Ğarbiy Yevropa davlatlari, AQŞ va Kanadada nikoh şartnomasi instituti keng ommalaşgan. Bu haqda “Oila”  ilmiy-amaliy tadqiqot markazining oila institutini mustahkamlaş sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş bölimi boşliği Gulnora Işanxonova “Xalq sözi” gazetasiga intervyuda ma'lum qildi.  

2018 yil davomida notarial idoralarda 219 ta nikoh şartnomasi tuzilgan. Şu yil içida FHDYolar tomonidan 311,4 mingta nikoh va 32,3 ta ajraşiş qayd qilingan. 

Mutaxassisning fikriça, Oila kodeksining nikoh şartnomasiga tegişli me'yorlarini qayta körib çiqiş vaqti keldi va ehtimol majburiy nikoh şartnomasini tuziş yölidan boriş mantiqan töğri böladi. Işanxonovaning fikriça, nikoh şartnomasi oila, muhabbat riştalarini barbod qilmay, aksinça uning mustahkamlanişiga kömak beradi.

Özbekiston Oila kodeksi 1998 yilda qabul qilingan va unga nikoh şartnomasiga oid 6-bob - “Er va xotin mol-mulkining şartnomaviy tartibi” kiritilgan. 

Şartnoma nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh vaqtida ham tuzilişi mumkin. U yozma şaklda tuzilişi va notarial tasdiqlanişi lozim. Uşbu şartnomaga köra, er-xotinlar Oila kodeksining 23-moddasida örnatilgan birgalikdagi umumiy mulk tartibini özgartiriş, butun mulkka birgalikda, uluşli yoki alohida, uning muayyan turlari yoki er-xotinning har birining mulkiga egalik qiliş tartibini örnatiş huquqiga egalar.