Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 iyulga qadar o‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha reyslar ro‘yxati e'lon qilindi
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun rejalashtirilgan charter reyslar jadvali ma'lum bo‘ldi.
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 6 iyulidan 19 iyul kuniga qadar 19ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.
6-12 iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
6 iyul. Seul-Toshkent-Seul
6 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
7 iyul. Toshkent-Istanbul-Toshkent
8 iyul. Tashkent-Seul-Toshkent
8 iyul. Minsk-Toshkent-Minsk
9 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
10 iyul. Seul-Toshkent-Seul
10 iyul. Toshkent-Dubay-Toshkent
11 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent.
12 iyul. Sankt-Peterburg - Toshkent - Sankt-Peterburg
13–19 iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
13 iyul. Seul-Toshkent-Seul
13 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
14 iyul. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent
15 iyul. Moskva-Toshkent-Moskva
15 iyul. Toshkent-Seul-Toshkent
16 iyul. Istanbul-Toshkent- Istanbul
17 iyul. Toshkent - Nyu-York - Toshkent
18 iyul. Toshkent-Moskva-Toshkent
19 iyul. Toshkent-Vladivostok-Toshkent.
Qayd etish joizki, reyslar Uzbekistan Airways, Asiana airlines, Belavia, Korean airlines, Ural airlines, Turkish airlines tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning 30 iyunda e'lon qilingan qarori bilan, turoperatorlar va aviakompaniyalarga O‘zbekiston fuqarolarini chet eldan olib kelish uchun reyslar tashkil etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
10:38 / 24.12.2025
Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
12:14 / 23.06.2025