O‘zbekiston | 17:12 / 02.08.2024
15871
1 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchi tumani hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qo‘l ko‘tardi. Hokimlik matbuot xizmati holatni inkor qilmadi va tez orada rasmiy munosabat berilishini bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Voqea joyida IIB xodimlari ham bo‘lgan.

Videolavhada ko‘rinishicha, hokim IIB xodimlari gaplashib turgan fuqaro oldiga kelgan va kutilmaganda uning yuziga tarsaki tortib yuborgan. Holat qachon va qayerda sodir bo‘lgani ma’lum emas.

Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Chiroqchi tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari Sobit Abdunaimov bilan bog‘landi. U holatga tez orada rasmiy munosabat bildirilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Fayzulla Yusupov 1976 yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 2023 yil avgust oyi boshida Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. Bungacha Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid