«Toşkent siti» örnida bölgan restoran uçun hamon kompensatsiya tölanmayapti. Bino buzilganiga 3 yil böldi
|15:00 / 21.11.202038 1009 min
2017 yilda «Toşkent siti» qurilişi munosabati bilan buzilgan restoran uçun şahar hokimligi 14,8 mlrd söm kompensatsiyani tölab bermayapti. Sud qarori va ijro varaqasi esa MIBda «osilib» yotibdi. Toşkent şahar hokimligining 917 ta köçmas mulkiga, transport vositalariga band solib qöyilgan. Ammo...
2017 yili poytaxt markazida «Toşkent siti» qurilişi munosabati bilan hududdagi köplab bino-inşootlar buzib taşlangan edi.
Kun.uz'ga murojaat qilgan «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ mas'ullarining aytişiça, ularga tegişli bölgan «Marmaris» restorani ham «siti» qurilişi munosabati bilan buzilgan.
Korxona yuristi Sanjar Muhammadjonovning aytişiça, restoran 2017 yilda, Toşkentning öşa vaqtdagi hokimi Rahmonbek Usmonovning şaxsan özi va prokuratura xodimlari kelganidan söng, hokimiyat vakillari tomonidan heç qanday tölov berilmasdan buzib taşlangan. Firma esa restoran içidagi mebellar va idiş-tovoqlarni olib çiqişga ulgurgan, xolos.
Furqat köçasi 2-uy manzilida joylaşgan restoran «Veritas» MÇJ baholovçi taşkiloti tomonidan 14 mlrd 856 mln sömga, yetkazilgan zarar miqdori esa 2 mlrd 377 mln sömga baholanadi.
Restoran mulkdori yetkazilgan zararni qoplab berişni sörab, «Toşkent siti» direksiyasi, Şayxontohur tuman hokimligi, Toşkent şahar hokimiyati va uning huzuridagi Munitsipal aktivlarni boşqariş markaziga murojaatnoma va talabnomalar beradi.
Barça murojaatlar e'tiborsiz qoldirilgaç, «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritadi. 2020 yil 8 iyul kuni sud javobgar Toşkent şahar hokimiyati hisobidan «Mehnat Agrofirmasi» MÇJ foydasiga 14 mlrd 856 mln söm kompensatsiya tölovi undiriş haqida hal qiluv qarori çiqaradi.
E'tiborli jihati şu kunga qadar şahar hokimligi na qarordan norozi bölib yuqori instansiyaga şikoyat kiritgan, na tadbirkorning pulini tölab bergan.
«Mehnat Agrofirmasi» MÇJ yuristi Sanjar Muhammadjonovning aytişiça, «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida» qonunning 30-moddasiga muvofiq, ijro hujjatining talablari ixtiyoriy ijro etilişi uçun belgilangan muddat [15 kun] tugagandan e'tiboran köpi bilan 2 oy muddat içida davlat ijroçisi tomonidan amalga oşirilişi va ijro etilişi kerak.
Lekin iş borasida 2020 yil 13 avgust kuni sudning hal qiluv qarorini qabul qilib olib, öşa kuni ijro işini qözğatiş böyiça qaror qabul qilgan Majburiy ijro byurosi Toşkent şahar Çilonzor tumani bölimi esa oradan 3 oy ötgan bölsa-da undiruvni ta'minlab bera olmayapti.
Mavzuga oid
«Bugunga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Boş vazirning virtual qabulxonasiga, Moliya vazirligiga, Boş prokuratura, Savdo-sanoat palatasiga, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilga, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatga ham murojaat qildim. Lekin heç kim amaliy yordam berolmayapti», – deydi Sanjar Muhammadjonov.
Kun.uz söroviga binoan MIBning Çilonzor tuman bölimi davlat ijroçilari Odil Sadatov va Axrolxon Rustamxöjayevlar masala yuzasidan izoh berdi.
Ularning aytişiça, ijro işi 13 avgust kuni MIBning Çilonzor tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va öşa kuniyoq Toşkent şahar hokimligiga nisbatan ijro işi qözğatilib, elektron tizim orqali hokimlikka yuborilgan. Hokimiyatga qarzdorlikni ixtiyoriy qoplaş uçun 15 kun muddat berilgan.
«Ayni vaqtda Toşkent şahar hokimligiga nisbatan 150 dan ortiq mulkiy tusdagi ijro işlari mavjud. Şunga köra, Toşkent şahar hokimligining 917 ta köçmas mulkiga tegişli tartibda band solib qöyilgan. Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga yuborgan sörovimiz asosida hokimlikning avtotransport vositalariga ham band solingan.
Aynan «Mehnat Agrofirmasi»ga keladigan bölsak, Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi uşbu firma bino-inşootlarni olmasligi, kompensatsiyani pul körinişida olmoqçi ekani haqida jamğarma hududiy kuzatuv kengaşi raisi Xotambek Şakirov nomiga xat jönatgan.
Masalan, özim ham «Mehnat Agrofirmasi» yuristi bilan boğlanib, Munitsipal markazga borişni taklif qilgan edim. Markaz sizning 15 milliard sömlik qarzingizga teng qiymatlik bino-inşootlarni taklif qiladi, deganman. Şundan keyin yurist öylab köray dedi; bir qança vaqtdan söng menga aloqaga çiqib bino-inşoot olmasligini, ularga pul mablağlari kerakligini aytdi.
23 oktyabrda Munitsipal markaz pul körinişida qarzini olmoqçi bölgan undiruvçilarning barçasi qatori «Mehnat Agrofirmasi»ga ham pul ajratiş böyiça kuzatuv kengaşiga xat bergan. Endi jamğarmaga mablağ ajratilganidan keyin bularga ham pul ajratib beriladi», – deydi Odil Sadatov.
U «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi qonunning 30-moddasida ijro etiş muddati 2 oy qilib belgilangani haqida töxtaldi.
«Bu ikki oylik muddat degani şu muddatda undirib berişi şart degani emas. Uşbu qonunda muddatlarning uzilişi degan tuşunça ham bor. Masalan, hokimlikning 917 ta köçmas mulki röyxati şakllantirilgan, ularga ijro harakatlarini qaratiş uçun bizda [MIBda] işçi guruh tuzilgan. Bu guruh 917 ta obektni közdan keçirib çiqişi kerak, bu esa vaqtni oladi.
Işçi guruhga Kadastr agentligidan va Munitsipal markazdan tegişli mutaxassis jalb qiliş böyiça qaror çiqarganmiz. Bularni jalb qiliş va kelişiş muddatlari undiriş muddati bölgan 2 oyga kirmaydi.
Işçi guruh hozirda foydalanilmayotgan va böş turgan obektlarni ajratib olib, ularni auksionga qöyiş orqali qarzdorlikni qoplaşni rejalaştirgan. Işçi guruh faoliyatini boşlagan, men özim har kuni ular bilan boğlanib, iş qanday ketayotganini sörab turaman. Hozir undiruvçilarga faol tarzda qarzlarni tölaş boşlangan, uşbu firmaga ham yaqin 1-2 oylarda pul tölab beriladi», – dedi MIB xodimi.
Odil Sadatov qarzdorning band solingan mulklari ijroga qaratilmasdan iş yopilguniga qadar turişi mumkinligini ma'lum qildi.
«Band solingan avtomobil yoki köçmas mulkka nisbatan notarial harakatlarni amalga oşiriş mumkin emas. MIB portal dasturi böyiça Toşkent şahar hokimligi qarzdormi, demak, qarzdorlik işlarining barçasi yopilmagunga qadar, hokimlik mulklariga nisbatan notarial harakatlarni amalga oşira olmaydi. Çunki dasturda taqiqlar qöyilgan», – deydi davlat ijroçisi.
Sadatovning aytişiça, hokimlikning hisob raqamiga hozirça inkassa qöyilmagan.
«Bu borada Budjet kodeksiga muvofiq bir qança aniqlik kiritiş kerak bölgan holatlar bor, buni körib çiqişimiz kerak. Hokimlik huzurida budjetdan moliyalaştiradigan bir qança taşkilotlar va loyihalar masalasi ham bor...
Bundan taşqari, Toşkent şahar hokimligining qarzdorligiga doir işlarimizning köpligi ijro muddati çözilişiga sabab bölyapti», – qöşimça qildi Odil Sadatov.
Ayni paytda, Toşkent şahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bölimi mutaxassisi Saidmurod Boboxonovning ma'lum qilişiça, uşbu holat bahsli bölib, «Marmaris» restorani davlat va jamoat ehtiyojlari uçun buzilmagan, balki uning hududi boşqa tadbirkorga berilgan. Şu sababli uning kompensatsiyasi öşa tadbirkordan undirib olingandan söng tölanişi kerak.
Biz hokimlik vakiliga sudning hal qiluv qarori çiqib bölgani, sudda Toşkent şahar hokimligi kompensatsiya miqdoriga e'tiroz bildirmaganini eslatdik. Bunga javoban, Boboxonov hokimlik sudning hal qiluv qarori ustidan yuqori turuvçi instansiyaga ham murojaat qilişi mumkinligini aytdi.
«Yoki MIB aytgan variant böyiça, band solingan inşootlar sotilgaç, jamğarmadan tölab berilişi ham mumkin», – deya sözlarini yakunladi Toşkent şahar hokimligi mutaxassisi Saidmurod Boboxonov.
Eslatib ötamiz, 17 noyabr kuni prezident qarori bilan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi.
Şu kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijrosi mavzusida majlis bölib ötdi. Unda MIBga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tuşgani, şundan 1,2 milliontasi bajarilmagani tanqid qilindi.