17 sentyabr kuni Kun.uz saytida “UzAuto avtomobillari uçun turnaqator navbatlar. Sabab nimada?” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilingan edi. Unda tahririyat “Özavtosanoat” AJga bir neça savol bilan murojaat qilgandi. Kompaniya Axborot xizmati sayt savollariga quyidagiça javob yölladi:

2021 yil avgust-sentyabr holatida xaridorlarga örtaça haftasiga qança Cobalt, Nexia, Gentra va Spark rusumli yengil maşina yetkazib berilgan?

Avgust oyi mobaynida yangi platformadagi modellarni özlaştirişni yölga qöyiş uçun ötkazilgan profilaktik tadbirlar va modernizatsiya işlari sababli Asaka zavodi işlab çiqariş liniyalari rejalaştirilgan tarzda töxtatilganligi bois, avgust-centyabr (birinçi yarmi) oylarida haftasiga örtaça yuqoridagi avtomobillardan 850 dona, Damas va Labo modellarini qöşgan holatda 2100 donadan yetkazib berilgan. May-iyul oylarida haftasiga örtaça 2 660 dona Cobalt, Nexia, Gentra va Spark, Damas va Labo modellarini qöşgan holatda 4 300 dona yengil avtomobil yetkazib berilgan. Sentabr oyining 2-yarmidan barça avtomobillarni haftalik yetkazib beriş soni umumiy 5000 donaga yetkazilişi ta’minlanadi.

Boşqaruv mikroçipi örnatilmagan, biroq işlab çiqariş konveyeridan çiqqan avtomobillar soni neçtani taşkil etadi?

Butun dunyoda yarimötkazgiçlarning global tanqisligi kuzatilayotgan bölsa-da,“UzAuto Motors” avtomobillarga boşqaruv mikroçipini örnatmagan holda işlab çiqarişni davom ettirişga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda boşqaruv mikroçipi örnatilmay işlab çiqarilgan avtomobillar soni 300 donani taşkil etmoqda, oy oxiriga qadar bu raqam 2000 donaga çiqişi kutilmoqda.

Bugungi kunda işlab çiqarilayotgan avtomobillarni mikroçiplar bilan ta’minlaş holati qanday?

Bugungi kunda ta’minlanganlik darajasi umumiy hisobda örtaça haftasiga 5000 donani taşkil etmoqda.

Ularni yetkazib beriş qay yösinda ta’minlanmoqda va bu işlab çiqariş jarayoniga qanday ta’sir körsatdi?

General Motors korporatsiyasi tomonidan 24/7 tartibida işlovçi global miqyosda ştab taşkil etilgan bölib, çip yetkazib beruvçilardan boşlab, avtomobil konveyerigaça bölgan ta’minot zanjiri doimiy nazoratga olingan.“UzAuto Motor” AJ avtomobillari uçun kerakli bölgan yarim ötkazgiçli modullar dunyoning barça joylaridan havo yöli orqali eng qisqa vaqtda konveyerga yetkazib kelinmokda.