Ta’limdagi imtiyozlar – ijtimoiy tengsizlik ildizi. Mutaxassislar bilan suhbat
|15:10 / 01.10.202330 19313 min
Maksimal ball töplaganiga qaramay, kontrakt asosida öqişga qabul qilingan yoşlar şov-şuv kötarilişi ortidan grantda öqiydigan böldi, lekin bu muammo ildizi bilan hal etildi degani emas.
Bu voqea misolida ijtimoiy tarmoqlarda ta’limdagi ijtimoiy adolat masalasi muhokama markaziga çiqdi. Xöş, aslida ta’limda ijtimoiy adolat qanday böladi, uning maqsad-vazifalari nimalardan iborat, bu borada Özbekiston oliy ta’lim tizimi qançalik adolatli?
Mavzu atrofidagi savollarni tahlil qiliş maqsadida Kun.uz oliy ta’lim mutaxassisi Azamat Akbarov va huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev bilan suhbatlaşdi.
– Dastlab, suhbatning asosiy qismiga ötişdan oldin ijtimoiy adolat tuşunçasiga ta’rif bersak. Aslida ijtimoiy adolat nima, ta’limda tenglik bölişi qançalik ahamiyatli, sizningça?
Azamat Akbarov: Odatda xalq va davlat örtasidagi kelişuv paydo bölganidan keyin davlatga adolatni himoya qiliş vazifasi yuklatiladi. Bu – adolatning huquqiy tomonlari. Qaysidir jamiyatda tenglikka putur yetadigan bölsa, demakki, huquqiy normalar işlamayapti.
Siz kimgadir söz berib, uni bajarmasangiz, bu adolatning axloqiy normasiga, ijtimoiy tengsizlikka ham kiradi. Turli xil davlatlarda ijtimoiy tengsizlik sabab insonlar har xil körinişda öz fikrlarini bildirişgan. Ya’ni jamiyatdagi adolatning poydevorlariga zarba beriladigan bölsa, bu yerda, albatta, insonlar özining noroziligini bildiradi.
Imkonlar va daromadlar... Imkonlar har bir jamiyatda teng tarqatilişi lozim. Buni boşqaça aytganda, “contributive” adolat, ya’ni hissa qöşgan holda bölişi mumkin. Qolaversa, imkonlar deyilganda, yaxşi yaşaş, sifatli tibbiyotdan foydalaniş, inson özining iqtidorini rivojlantirişi, özi istagan işga kirib işlaşi yoki bilim olişini keltirsa böladi. Menimça, bu imkoniyatlar davlatlarda teng tarqatilişi kerak.
Ba’zi daromadlar insonning salohiyati, jamiyatga qöşadigan hissasidan kelib çiqqan holda rağbatlantiriş sanaladi. Masalan, qaysidir olim öz vaqtida qilgan kaşfiyoti, yozgan maqolasi uçun rağbatlantiriş, moddiy pul ololmaydigan bölsa, öz ustida işlamaydi. Maktab öquvçilari ham şunday. Kimdir yaxşi öqigani uçun 11-sinfdan keyin oltin medal yoki boşqa narsa beriladi. Ya’ni davlatda mana şu imkoniyatlar va daromadlar masalasida qandaydir bir suiiste’mollikka boriladigan bölsa, u yerda, albatta, mexanizmlar buzilişni boşlaydi.
Mavzuga oid
Agar biz bilim oliş imkoniyatlarini teng tarqatmaydigan bölsak yoki inson özi istagan işda işlay olmasa, bunday joyda adolat buziladi. Ya’ni qoidasiz raqobat örtaga kiradi. Agar biz mana şu qoidasiz raqobatga normal qaraydigan bölsak, kimdir özining ijtimoiy mavqeyidan kelib çiqib, undan foydalanişi mumkin.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: Umumiy ma’noda ta’limda ijtimoiy adolat bu – hammaga teng imkoniyatlar yaratiş deb tuşuniladi. Endi men biroz masalaning içiga kirib gapirsam, ijtimoiy adolat özi bormi, degan savol köproq davlat OTMga berilişi kerak, şunda bu adolatdan böladi. Masalan, menga xususiy universitetlarning kimga qanday imtiyoz berayotgani umuman qiziq emas. Aytaylik, tadbirkor navoiylik yoşlarga grant beraman deydi, bilganini qilaversin. Men nega qaşqadaryolik yoki xorazmlikka bermayotganini söramayman. IELTS bor talabgorlarga qöşimça grant beraman desa ham bilganini qilaversin, lekin xuddi şu narsa davlat OTM bilan böladigan bölsa, bunda menda savollar paydo bölişni boşlaydi. Nega? Çunki davlat oliygohlarining asosiy moliyalaştiriş manbayi budjetdan, ya’ni xalqning soliqlardan yiğilgan pullaridan iborat. Demak, u yerda mening ham qançadir miqdorda hissam bor. Men ham u yerda pullarim töğri işlatilişini xohlayman.
Şu nuqtayi nazardan, davlat OTMdagi imtiyozlar köp muhokama qilinadi. Nima sabab odamlar bu masalalar haqida köp gapirişadi, oğriqli qabul qilişadi, çunki hamma budjet puli aslida xalq puli ekanini tuşuna boşladi. Mana şu daxldorlik tuşunçasi singdirib olingandan keyin bu savollar kun tartibiga yanayam köproq çiqmoqda. Şuning uçun davlat OTMga kiriş nuqtayi nazaridan aytamanki, biz imtiyozlarni umuman reviziya qilişimiz kerak.
Imtiyoz berişning ma’lum bir ğoyasi bölişi kerak. Umuman berilmasin deyiş ham öta notöğri talab deb öylayman. 40 dan ortiq imtiyoz bor, hammasini bekor qilaylik deyiş ham biroz notöğri talab böladi. Çunki uning orasida xalqaro fan olimpiadalarida medal olganlar böladi. Buni bekor qiliş notöğri, çunki butun dunyo tan olgan narsani biz tan olmasligimiz aqlga siğmaydi. Çunki men 100 foiz işonamanki, bizni qabul qiluvçilar, test tuzuvçilar xalqaro fan olimpiadasini savol tuzuvçilari, baholovçilaridan darajasi ortiq emas, qaysidir bolaning bilimli yoki bilimsiz ekanini ulardan ortiq baholab berolmaydi. Men şunga işonaman, şuning uçun aytamanki, nima uçun uni qayta baholaşimiz kerak?
Yoki IELTS'dan 7-8 ball olganlarga maksimal ball beriş körinişidagi imtiyoz bor. Men ham yana gapiraman, DTMning British Council kabi xalqaro til biliş darajasini obektiv baholaşiga işonmayman. Ya’ni British Council’ni ustun köraman. Yoki aytaylik, inklyuziv ta’lim nuqtayi nazaridan nogironligi şaxslar uçun beriladigan imtiyozni yoqlayman.
Mana şu holatda hammasini bekor qiliş – populistik talab. Mohiyatiga qarab, bizda ğoya bölişi kerak. Imtiyozni kim uçun beryapmiz va bundan közlanayotgan maqsad nima? Nima plyus va minuslari bor? Biz bu borada köp ham tahlil qilmaymiz-da, qaysidir bir sohani rivojlantiriş kerak bölsa, şu borada qandaydir prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarori tayyorlanayotgan bölsa, aytaylik, uzumçilik sohasini rivojlantiriş uçun nima qiliş kerak, deyişsa, uzumçilarning farzandlariga kiriş imtihonlarida imtiyoz berişimiz kerak deymiz. Böldi, şu bilan ketdi, uning uzumçilik sohasini rivojlantirişga nima aloqasi bor, qanday korrelyatsiya bor, neça yildan keyin rivojlanadi, mantiqli yoki mantiqsizmi, umumiy ğoyaga töğri keladimi, öylamaymiz. Juda köp imtiyozlar mana şu körinişda çiqib ketib qolgan, afsuski. Buni qayta körib çiqişimiz zarur.
– Yaqinda maksimal ball töplab kontraktda öqiyotgan talabalar masalasi kötarildi. Bu borada ham fikringizni bildirib öta olasizmi, özi aslida maksimal ball olib kontraktga tuşgani adolatsizlik edi, oxirida faqat ulargagina prezident granti ajratilgani adolatlilik prinsipiga töğri keladimi?
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: Köpçilik bu narsani biroz notöğri tuşungan bölişi mumkin. Buning ham sababi bor, bunda ularni ayblamayman. Prezident grantlari uçun tegişli qaror e’lon qilinganda, faqat 6 kişining familiyasi berilgandi, şuning uçun köplab odamlar faqat 6 nafar talabaga grant berildi, qolganlarga berilmadi deb öylaşdi. Yöq, aslida prezident granti ötgan yildan boşlab berilayotgan tizim hisoblanadi. Eng yuqori ball olgan 200 nafar talabaga beriladi, ma’lum bir sohalar kesimida kvotasi böladi, şu kvota doirasida ötiş balli belgilanadi. Ijtimoiy soha, aniq fanlar, yurisprudensiya kabi yönalişlar böladi – umuman şu yönalişlarda eng yuqori ball olgan 200 nafar abituriyentga beriladi deyiladi. Lekin 2 yildan buyon bu grant 200 nafardan ham köproq nomzodlarga berilmoqda. Nimaga? Çunki bir qoida bor, agar oxirgi kvotadagi abituriyent bilan teng ball neçta bölsa, şularning hammasiga beriladi.
Misol uçun, 2022 yilda prezident granti 260 nafarga yaqin talabaga berilgan. Çunki 60 ga yaqin abituriyentlar oxirgi bilan bir xil ball töplagani uçun ular ham grant oladigan bölyapti.
Endi hozirgi holatda 200 nafardan ortiq abituriyentga prezident granti berildi va köp muhokama bölgani uçun şu jumladan, mana şu 6 nafar talabaga ham grant berildi deb xabar qilindi. Çunki 189 ball olib kontraktga tuşganlar soni 6 nafar edi, ya’ni boşqa yönalişlarda bunday holat kuzatilgani yöq. Atigi 1,1 ball bilan bittagina savolni xato işlab 187,9 ball olib, kontraktga tuşganlar ham bor. Yoki şunday yönalişlar bölişi mumkin, özi umuman grant kvotasi yöq. U yerda ham 189 ball olib kontraktga tuşganlar bölişi mumkin, buni hali tekşirganim yöq. Nimaga, çunki u yerda özi grant yöq. Lekin grant böla turib, maksimal ball bilan kontraktga tuşganlar soni 6 nafar edi.
Oddiygina mantiqni işlatsak, grantda bittagina örin bölsa ham, 189 ball olib, kontraktga tuşiş ehtimoli yöq, bu nolga teng. Nimaga, çunki yana bir qoida bor. Ya’ni agarda bittagina grant örni bor, ammo maksimal ball töplaganlar 6 nafar desak, ularning hammasi grantga kiradi, qoida şunday. Ötiş ballini bir xil töplaganlar qöşimça ravişda qabul qilinadi. Agar grant uçun hujjat topşirilgan yönalişda kvota bölsa, maksimal ball olib kontraktga tuşiş umuman mantiqqa töğri kelmaydi.
Xulosa şuki, faqat 6 nafar bola grantga ötkazilgani yöq, 200 nafardan ziyod talabaga prezident granti berildi. Bu yerda özi notöğri joyi ham bor, şu 200 nafardan ziyodining 80 foizi şundoq ham grantga kirgan abituriyentlar edi, ularga prezident granti şart emasdi. Bu grant keyinçalik faqat qimmatlaştirilgan stipendiya olişga yordam beradi xolos. Lekin budjetga ötkazib qöyildi degan holatlar faqat bitta-ikkita vaziyatlarda böldi.
Ana endi “Temurbeklar maktabi” bitiruvçilariga berilgan imtiyoz böyiça gapirsam, bu bilan boğliq vaziyatda yeçim berilmagan. Mandat çiqqanida ham aytgandim, kimlardir bu yerda çiqib olib aqllilik qiladi, ya’ni “biz bularga prezident grantini beramiz, bu yeridan xavotir olmanglar”, deyişi mumkin. Lekin buni ham mantiqan olib qarasak, prezident granti berilganida uning içida 189 ball bölişi 100 foiz aniq edi. Boşqaça ehtimoli yöq. JIDUda 187,9 ball olgan, ya’ni majburiy fandan atigi bittagina savolni xato işlab qöygan qizlar bor, ular 4 nafar edi. Yigitlar ham bor, lekin öşa yigitlarda nazariy jihatdan ehtimoli bor ediki, ular ham “Temurbeklar maktabi”ga borib, imtiyoz olişi mumkin edi. Şuning uçun bu vaziyatda köproq qizlarga e’tibor qaratdim. Bu yerda aniq jinsiy diskriminatsiya bor edi. Öşa beçora qizlar atigi bitta xato qilgani evaziga kontraktda öqiydi, bu – prezident granti vaziyat uçun yeçim emasligining yana bir isboti. Balki ular ham prezident grantiga ötgan bölişi mumkin, men adaşayotgandirman, buni köriş kerak. Lekin baribir bu oqibatlar bilan kuraşiş böldi, sabablar bilan emas.
Endi “Temurbeklar maktabi”ga berilgan imtiyozning özi haqida. Biz juda ham bir ajoyib odammiz. Masalan, yoğ qiziyotgan vaqtda yonib ketsa, unga suv quyiş mumkin emas. Suv quysangiz, reaksiyaga kirişib, dahşatliroq darajada yonğin böladi. Bir marta yoğ qizitayotgan odam yonib ketgan vaqtda suv quysa, yonib ketganini körsa, ikkinçi safarga bu xatoni takrorlamaydi. Faqat ahmoq odam suv quyişi mumkin. Bizda “Temurbeklar maktabi”ga berilgan qöşimça ball körinişidagi imtiyoz avval harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlarga beriladigan imtiyoz bilan bir xil körinişda davom etdi. Keyin biz bu masalani köp marotaba kötardik, oxiri hukumatning kallasi işlab qolib, qöşimça ball beriş imtiyozini bekor qilib, alohida kvotada kuraşiş uçun şaroit yaratdi. Bunga nisbatan çidasa böladi, ammo buni ham muhokama qiladigan jihatlari bor. Lekin oradan vaqt ötib xuddi şunday körinişdagi imtiyozni harbiylaştirilgan ta’lim muassasalariga çiqarib berişdi.
· Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.