Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev bu masala böyiça Kun.uz’ga izoh berdi.

«Bir narsani unutmasligimiz şart – bir marta musbat natija olingani Covid-19 koronavirus infeksiyasiga oid yakuniy xulosa bermaydi. Musbat natijali tahlillar SEOM virusologiya laboratoriyalarida qayta tekşiruvdan ötkaziladi va faqat şundan keyingina uzil-kesil taşxis qöyiladi.

Xorazmdagi holatga kelsak, bu faqat dastlabki natijalar bölib, röyxatdagi şaxslarning infeksiyaga çalinganini anglatmaydi. Tahlillar albatta qayta tekşirilişi lozim va bu holat böyiça rasmiy ma'lumot beriladi.

Fursatdan foydalanib, tasdiqlanmagan va fuqarolar şaxsiga oid ma'lumotlarni tarqatiş jinoiy javobgarlikka tortilişini eslatib ötmoqçiman.

Şuningdek, qayta tekşiruv usuli soğaygan deb hisoblangan bemorlarga nisbatan ham qöllaniladi. Ya'ni 14 kunlik tibbiy kuzatuv va davolaniş yakuniga köra ilk tekşiruvda virus aniqlanmagan taqdirda ham biz yana bir marta tahlil olamiz va qayta tekşiramiz. Şundan keyingina bemor butunlay soğaygani haqida xulosa beramiz.

Soğliqni saqlaş vazirligi bu kasallikka oid barça ma'lumotlarni kun davomida uzluksiz yangilab bormoqda va hammasi şaffof tarzda e'lon qilinmoqda. Fuqarolarimizdan faqat rasmiy ma'lumotlarga tayanişlarini sörab qolamiz», dedi Furqat Sanayev.

Eslatib ötamiz, Xorazm viloyatida mart oyidan buyon 233ta kasallaniş holati qayd etilgan, 26 may kuni bemorlarning sönggi guruhi tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.