Videomurojaat qilib çiqqan öquvçi, Samarqand viloyati Nurobod tuman 41-maktabning 8-sinf öquvçisi Sardor Sattorov özi tanlovning ham tuman, ham viloyat bosqiçida «Full-Stack web dasturçisi» yönalişi böyiça 1-örinni egallab ğolib bölgani, lekin unga avval işlatilgan eski noutbuk sovğa qilinganini ta’kidlagan.

U namoyiş etgan noutbukning orqa tomonidan «2-m. A.Abdumurodova» degan yozuvlar tuşirilgan. Öquvçi buni 2-maktabga tegişli noutbuk deya tuşuntirgan. Noutbukka örnatilgan dasturlar ham öçirilmagan. U yerdagi Telegram messenjerini işga tuşirgan öquvçi noutbukni avval Şerzod Jöraqulov degan inson (öqituvçi) işlatganini aniqlagan.

Şuningdek, 1-örinni egallaganini iddao qilgan öquvçiga 3-darajali diplom berilgan. (Qaysi bosqiçda ekanligiga aniqlik kiritmagan).

Videomurojaatning davomida öquvçining bobosi deyilayotgan şaxs «Eski noutbuk örniga kitob bersalaring bölmasmidi?» deya öz e’tirozini bildirgan.

Kun.uz muxbiri mazkur masala yuzasidan kiçik suriştiruv ötkazdi.

«1 million dasturçi» IT tanlovi viloyat bosqiçi Samarqand viloyat hokimligi taşabbusi bilan ötkazilgan. Tanlovni ötkazişda viloyat xalq ta’limi boşqarmasi, TATU Samarqand filiali boş-qoş bölişgan. Viloyat bosqiçi Samarqand şahridagi 9-maktabda 10 yanvar kuni taşkillaştirilgan.

Foto: Samarqand viloyat XTB

Murojaat qilib çiqqan öquvçi Sardor Sattorov tumanda sovrindor bölib viloyat bosqiçida iştirok etgan, lekin örin ololmagan. Samarqand viloyat XTB rasmiy saytida e’lon qilingan, viloyat bosqiçi ğoliblari röyxatida uning ism-familiyasi yöq.

Viloyat XTB xabarida şahar va tumanlar kesimida 1-,  2- va  3-örinlarni egallagan iştirokçilar tanlovning ikkinçi bosqiçiga yöllanma olişgani, har bir şahar va tumanlarda ötkazilgan tanlovning birinçi bosqiçida ğoliblari quyidagiça mukofotlangani haqida yozilgan: