«Ohangaronsement» AJ Kipr kompaniyasi egaligiga o‘tdi
O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodlaridan biri – «Ohangaronsement»ning 84,19 foiz aksiyasi Kiprda ro‘yxatga olingan Lamanka Interprises Limited kompaniyasiga sotildi. Bitim narxi – 557,68 mlrd so‘m.
Kiprning Lamanka Interprises Limited kompaniyasi «Ohangaronsement» AJning 84,19 foiz ulushini xarid qildi. Bitim narxi 557,68 mlrd so‘mni tashkil qildi.
O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodlaridan biri bo‘lgan «Ohangaronsement»ning sotilgan paketlariga EUROCEMENT Holding AG egalik qilar edi.
Avvalroq, Toshkent fond birjasida kompaniya o‘ziga tegishli bo‘lgan 4 141 108ta oddiy ro‘yxatdan o‘tgan aksiyalarini sotuvga chiqargan bo‘lib, unda har bir aksiya uchun minimal narx – 103 593 000 so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan edi.
«Ohangaronsement»ning sof foydasi 2019 yilda 179,8 milliard so‘mni, 2020 yilning dastlabki 9 oyida 187,1 milliard so‘mni tashkil qilgan. Kompaniya 2021 yilning birinchi choragida 24,8 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.
Ma'lumot uchun, EUROCEMENT Holding AG «Ohangaronsement»ga 2006 yildan beri egalik qilib keldi.
Zavod 1961 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, dastlab 1994 yilda xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida korxonaning asosiy egasi Zeromax kompaniyasi bo‘lgan. 2006 yilda esa EUROCEMENT Holding AG 75,5 foiz aksiyalarni sotib olgan holda zavodning asosiy aksiyadoriga aylangan edi.
Zavodning loyihaviy quvvati yiliga 2,18 million tonna sementni tashkil etadi. Korxona tarkibiga Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan qurilish materiallari va konstruksiyalar zavodi ham kiradi.
19ta sement zavodiga egalik qiluvchi EUROCEMENT Holding AG xalqaro sanoat xoldingining «Ohangaronsement»ni sotuvga qo‘yganiga kompaniyaning qarzlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaning o‘zi ham Rossiyaning Sberbanki tomonidan sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqalgan.
Kiprning Lamanka Interprises Limited kompaniyasi 2018 yil 15 noyabrda ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning amaldagi direktori Andreas Nianias hisoblanib, EUROCEMENT Holding AG kengashining a'zosi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
Mavzuga oid
18:37 / 19.12.2024
O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:14 / 30.11.2024
Kipr Alisher Usmonovning singlisini “oltin pasport”dan mahrum qildi
08:11 / 29.11.2024