Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilişiça, 2020 yil 15 aprel kuni soat 21:45 larda Xalq deputatlari Namangan şaxar kengaşi deputati T.M. öziga tegişli bölgan Matiz rusumli avtomaşinasida şerigi bilan birgalikda Yangiqörğondan kelayotib “Qizilköprik” postidan Namangan şahri hududiga kirmoqçi bölgan paytda IIB xodimi tomonidan töxtatilgan. Hujjatlarni közdan keçiriş vaqtida avtomaşina majburiy suğurta qilingan sana körsatilgan muddatdan ötib ketgani aniqlangan.
“Haydovçi maşinasini majburiy suğurta qilişni unutgan holatlarda avtomobil jarima maydoniga olib boriladi. Biroq deputat guvohnomasini peş qilib, bu unga avtomaşinani suğurta qilmasdan boşqariş huquqini berişini aytgan.
2004 yilda qabul qilingan Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisidagi Özbekiston Respublikasining qonunida Deputat öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni, uşbu Qonun va boşqa qonunlarga muvofiq amalga oşiradi, deb belgilab qöyilgan. Mazkur qonunda deputat vakolatlari ham körsatib ötilgan, biroq transport vositasini hujjatsiz boşqariş huquqi bu vakolatlar qatoriga kiritilmagan.
Deputat viloyat IIB katta inspektori, mayor Ilhomjon Abdurahmonovning qonuniy talablarini bajarmasdan avtomaşinadan tuşib uning qöliga urib yuborişi natijasida profilaktika inspektorining qölida bölgan telefon apparati yerga tuşib ketib şikastlangan. Viloyat IIB YHXB inspektori, safdor Husanboy Ziyoviddinov huquqbuzarni tinçlantirmoqçi bölganida u xodimning pogoni va xizmat kökrak nişonini yulib olib, boşqa tomonga uloqtirib yuborgan”, deydi IIV axborot xizmati vakili Sayfiddin Töraxöjayev.
Ma'lum qilinişiça, uşbu holat böyiça 2020 yil 16 aprel kuni Namangan şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















