Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida meva-sabzavotchilik yerlarining 50 foizi klasterlarga o‘tkaziladi
Bugungi kunda Namangan viloyatida 13ta meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat yuritmoqda. Viloyatdagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan jami yerlarning 31 foizi ularga biriktirib berilgan.
Bu haqda ma'lum qilgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha Namangan viloyatida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan yana 11ta klaster korxonasi ochiladi.
«Yil boshida prezidentimiz klaster sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq bergan edilar. Yilning oxirigacha Namanganda yana 11ta klaster tashkil qilib, klasterlarga biriktirilgan meva-sabzavotchilik yerlari ulushini 50 foizga yetkazishni o‘z oldimizga reja qilib belgilab oldik», –dedi Saidkamol Xo‘jayev Xalqaro press-klubning 28 iyun kungi sessiyasida.
Vazir o‘rinbosari hududlarni ixtisoslashtirish bo‘yicha «Bir mahalla – bir mahsulot» tashabbusi haqida ham gapirib o‘tdi.
«Bugungi kunda Namangan viloyatida 50 ming gektar meva-sabzavotchilik yeri bor. Shundan birinchi bosqichda 38,5 ming gektari ixtisoslashtirib chiqilmoqda.
Misol uchun, Yangiqo‘rg‘on tumani Iskavot hududida jami 3171 gektar yerda bir nechta mahsulotlar yetishtirilyapti. 2 yil ichida biz shu 3171 gektarni bog‘, sabzavot va kartoshkaga ixtisoslashtiryapmiz. Albatta, hududni ma'lum ekinga ixtisoslashtirishda iqlimiy, tabiiy sharoitlar inobatga olinadi», – dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026