Hujjat matni e'lon qilingaç, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari «imlo, alifbomiz yana islohsiz qolyapti» mazmunida tanqidiy fikrlarni bildira boşladi. Kun.uz muxbiri normativ huquqiy hujjatda lotin yozuvini isloh qiliş masalalari örin olgan yoki olmaganini biliş maqsadida «Yöl xaritasi»ni işlab çiqqan guruh a'zolaridan biri bilan telefon orqali boğlandi.

Işçi guruh a'zosining sözlariga köra, «Yöl xaritasi»dagi ikkinçi bandda lotin yozuvini isloh qiliş masalasi ham örin oladi.

«Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş bandida şu masala ham közda tutilgan.

Unga köra, alifbodagi muammoli hisoblangan «O‘, G‘» kabi harflarning ham isloh qilinişi nazarda tutilgan (suhbatdoşga köra, eng kamida şu ikki harf isloh qilinadi). Bu orqali yozuvimiz yanada takomillaşadi va ming yillab foydalaniş mumkin böladi», dedi manba.

Uning qöşimça qilişiça, guruh a'zolari ötgan yilning 20 oktyabridan boşlab bu masala böyiça munozaralar ötkazib kelmoqda.

«Bahslar asosan lotin yozuvidagi özbek alifbosini isloh qiliş borasida bölyapti. «Yöl xaritasi»da belgilangan band böyiça alifbomizning oxirgi, isloh qilingan varianti va nihoyat töliq işlab çiqiladi», dedi suhbatdoş.

11 fevral kuni hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlangani ma'lum qilindi. «Yöl xaritasi»da Lotin yozuvidagi özbek alifbosining yangi tahriri asosida «Özbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlaş böyiça Hukumat qarori loyihasini işlab çiqiş ham belgilangan.