“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga davlat budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatiladi:
a) yoşga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvçilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvçisini yöqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvçi har bir oila a’zosiga hamda özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişlaş nafaqasini oluvçilarga:
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming sömdan;
- Toşkent şahrida – 400 ming sömdan.
Respublika budjeti hisobidan boşqa organlar orqali pensiya oluvçilarga tegişli vazirlik va idoralar tomonidan yuqorida körsatilgan şartlarda va miqdorlarda bir martalik moddiy yordam körsatiladi.
b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvçi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvçi oilalarning har bir 18 yoşga tölmagan bolasiga – 200 ming sömdan.
Bir neçta toifa böyiça bir martalik moddiy yordam oliş huquqiga ega bölgan şaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa böyiça tölab beriladi.
Bir martalik moddiy yordam tölovlari ikki hafta muddatda töliq tölab beriladi.
Uyida vaqtinça bölmagani yoki boşqa sabablarga köra bir martalik moddiy yordam pullarini öz vaqtida ololmagan fuqarolar tölanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentabrga qadar oliş huquqiga ega.
Şuningdek:
- “Temir daftar”ga kiritilgan, lekin mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar röyxati tuzilib, “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari hisobidan uşbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi;
- ijtimoiy ahvoli oğir oilalarga “Saxovat va kömak” jamğarmasi va boşqa manbalar hisobidan bepul un tarqatiladi yoki naqd pul körinişida moddiy yordam körsatib boriladi.

















