Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori – viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingandi. Qamoq ehtiyot çorasi tanlanişiga uning tergovdan yaşiringani va rasmiy hujjatlarni nobud qilişga uringani sabab qilib körsatilgan.
Kun.uz manbaasi qölga kiritgan ma'lumotga köra, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Botir Matmuratov Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva işi böyiça Boş prokuratura rasmiylari bilan suhbatlaşgan.
Özaro suhbat davomida jinoyat işi tafsilotlari, sodir etilgan qilmişning oğirlik darajasi, jinoyatni oğirlaştiruvçi va yengillaştiruvçi holatlar muhokama qilingan.
Suhbat davomida B.Matmuratov Guljahon Yöldoşevaning birinçi galda ayol kişi ekanligi, qaramoğida 6 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi hamda ayollar huquqlarini himoya qiliş masalasi davlat siyosati darajasiga kötarilganini inobatga olib, şuningdek, bordi-yu ayblanuvçining oçiqda qoldirilişi dastlabki tergovga xalal bermaydigan bölsa, unga nisbatan tanlangan ehtiyot çorasini garov, şaxsiy kafillik yoki uy qamoği tarzidagi, qamoq bilan boğliq bölmagan boşqa ehtiyot çorasiga özgartirişni tavsiya qilgan.
Qömita raisining tavsiyalariga Boş prokuratura rasmiylari tomonidan qanday munosabat bildirgani hozirça noma'lum.
Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotgani, oğir vaziyatlarda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.
Keyinroq bu masalada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulov öz munosabatini bildirib, Çirçiqdagi şifoxona COVID-19 bemorlarini davolaşga ixtisoslaşmagani, G.Yöldoşeva asossiz ma'lumotlar tarqatayotganini aytdi.
8 sentabr kuni Guljahon Yöldoşeva hibsga olingani haqida xabar tarqaldi











